Iqtisod

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar soni koʻpaytiriladi, 73 ta aktsiz soligʻi bekor qilinadi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Fotobankka oʻtishSborka legkovыx avtomobiley na zavode kompanii Changan v gorode Chuntsin v Kitaye.
Sborka legkovыx avtomobiley na zavode kompanii Changan v gorode Chuntsin v Kitaye. - Sputnik Oʻzbekiston
“Avtomobil sanoatida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish va korxonalarga teng sharoitlar yaratish orqali sohada ishlab chiqaruvchilar soni koʻpaytiriladi”, - dedi Mirziyoyev.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasi davomida 2021 yildan boshlab oziq-ovqat, neft va elektrotexnika kabi tarmoqlarda 73 ta aktsiz soligʻi bekor qilinishi maʼlum qildi.

Zargarlik sohasida ham tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bunda kelgusi yil 1 martdan boshlab kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi oʻrnatiladi.

“Avtomobil sanoatida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish va korxonalarga teng sharoitlar yaratish orqali sohada ishlab chiqaruvchilar soni koʻpaytiriladi”, - dedi prezident.

Davlat rahbarining taʼkidlanishicha, iqtisodiy oʻsishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni koʻpaytirish orqali erishiladi.

Harvard universiteti tadqiqotlariga koʻra, mamlakat 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyat va nisbiy ustunliklarga ega. Ayniqsa, neftgaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat hamda “yashil iqtisodiyot” bilan bogʻliq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimiz “drayverlari”ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud.

Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish boʻyicha barcha choralar koʻrilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala