Dunyoda

Kreml Jirinovskiyning Putin vorislari haqidagi soʻzlariga munosabat bildirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Putin vorisi haqidagi fikrlar biror bir narsa bilan asoslanmaganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ayrim siyosatchilarning prezident Vladimir Putinning vorisi borasidagi mulohazalariga munosabat bildirdi.

Predsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Jirinovskiy Rossiyaning ehtimoliy boʻlajak prezidentlarini aytdi

“Vorislar mavzusi anʼanaviy ravishda kuchli qiziqishni keltirib chiqaradi. Shu bois bu hamisha boʻlgan, ehtimol, hamisha shunday boʻlib qoladi. Koʻpincha bu mulohazalar, albatta, biror bir narsa bilan asoslanmagan va shunchaki mulohazalar boʻladi. Buni hech qanday izohlay olmayman”, - dedi Peskov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Putin oʻz vorisi haqida oʻylaydimi degan savolga, Peskov barcha matbuot anjumanlarida bu haqda prezident koʻp marotaba soʻralgani va u koʻp marta javob qaytarganini qoʻshimcha qildi.

Davlat rahbari bir necha marta qarorni xalq qabul qilishi kerakligini taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy kelajakda kim Rossiya prezidenti boʻlishi mumkinligi borasida oʻz fikrlarini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala