Kreml Jirinovskiyning Putin vorislari haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Putin vorisi haqidagi fikrlar biror bir narsa bilan asoslanmaganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ayrim siyosatchilarning prezident Vladimir Putinning vorisi borasidagi mulohazalariga munosabat bildirdi.

Predsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy  - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Rossiyaning ehtimoliy bo‘lajak prezidentlarini aytdi

“Vorislar mavzusi an’anaviy ravishda kuchli qiziqishni keltirib chiqaradi. Shu bois bu hamisha bo‘lgan, ehtimol, hamisha shunday bo‘lib qoladi. Ko‘pincha bu mulohazalar, albatta, biror bir narsa bilan asoslanmagan va shunchaki mulohazalar bo‘ladi. Buni hech qanday izohlay olmayman”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Putin o‘z vorisi haqida o‘ylaydimi degan savolga, Peskov barcha matbuot anjumanlarida bu haqda prezident ko‘p marotaba so‘ralgani va u ko‘p marta javob qaytarganini qo‘shimcha qildi.

Davlat rahbari bir necha marta qarorni xalq qabul qilishi kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy kelajakda kim Rossiya prezidenti bo‘lishi mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0