Siyosat

Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida oʻtishi kerak – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 2021 yilda prezident saylovi boʻlib oʻtadi. Prezident MSK bu katta siyosiy voqea xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratishi lozimligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021 yilda boʻlib oʻtadigan prezident saylovlariga sayloviga toʻxtaldi.

Mirziyoyev Markaziy saylov komissiyasi davlat va xalq hayotida katta siyosiy voqea – prezident saylovi milliy qonunchilik va umumeʼtirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratishi lozimligini taʼkidladi.

“Birinchi navbatda, saylov komissiyalari aʼzolarini saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar boʻyicha tizimli oʻqitish kerak. Oʻtgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz”, - dedi u.

Prezident bu muhim siyosiy kampaniya yangi Oʻzbekiston sharoitida saylovchilar, barcha fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqarashi, grajdanlik pozitsiyasi yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala