Dunyoda

Yamandagi aeroportda kuchli portlash sodir boʻldi - video

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Fotobankka oʻtishSamolet
Samolet - Sputnik Oʻzbekiston
Portlash yangi hukumat delegatsiyasi Saudiya Arabistonidan kelgan vaqtda yuz bergan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar soni 10 kishiga yetgan, 20 dan ziyod kishi yarador boʻlgan.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Yamandagi Adan shahri aeroportining tashriflar zalida kuchli portlash sodir boʻldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Portlash yangi hukumat delegatsiyasi Saudiya Arabistonidan kelgan vaqtda yuz bergan.

“Oʻlganlar va yaradorlar bor, lekin vazirlar bu vaqtda samolyotda edi, ular jabrlanmadi”, - deya maʼlum qilgan agentlik manbasi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Adan aeroportidagi otishma qurbonlari soni 10 kishiga yetgan, 20 dan ziyod kishi yarador boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala