Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 98%ga yetdi

© AFP 2018 / HANDOUTShipы koronavirusa
Shipы koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1503 nafar bemordan 161 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 060 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Glavnыy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Otabekov koronavirus pandemiyasini yengish shartini aytdi

Yangi kasallanish holatlari Oʻzbekistonning yetti hududida aniqlangan.

Kasallikdan sogʻayganlar jami 74943 (+154) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 %ni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1503 nafar bemordan 161 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

31 dekabr holatiga koʻra, jahonda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 83 milliondan ortgan.

Rossiya Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning aytishicha, ayni vaqtga qadar koronavirus bilan takroran kasallangan bemorlar soni 50 dan oshmaydi.

Inson immun tizimida sezilarli oʻzgarish yuz bersa, u takroran koronavirusga chalinishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala