Migratsiya

Oʻzbekistonliklar soxta medspravka bilan Rossiyaga uchib borib, aeroportda qolib ketishdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPassajirы v aeroportu Sheremetyevo
Passajirы v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning turli hududlaridan koʻplab fuqarolar ulardan aviachipta bilan birga soxta tibbiy maʼlumotnomani sotib olib Rossiyaga uchib borgan.

TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi rad etilganligi sababli bir guruh oʻzbekistonliklar Sheremetyevo aeroportining tranzit hududida boʻlib turgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Migrantы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oʻzbekistonliklar Rossiyaga kiritib qoʻyishni taklif etayotganlardan ogohlantirildi

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistondagi baʼzi aviachipta sotuvchilari tomonidan Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi koʻplab fuqarolarga soxta tibbiy maʼlumotnomalar bilan Rossiya hududiga olib kirib qoʻyish taklif qilingan. Oʻzbekistonning turli hududlaridan koʻplab fuqarolar ulardan aviachipta bilan birga soxta tibbiy maʼlumotnomani sotib olib Rossiyaga uchib borgan.

Sheremetyevo aeroporti chegara xizmatlari xodimlari tomonidan yoʻlovchilar hujjatlarining haqiqiy emasligi maʼlum boʻlgach, ularga mamlakat hududiga kirish rad etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi va Oʻzbekistonning ushbu davlatdagi elchixonasi masʼullari fuqarolarni olib kelgan Rossiya aviakompaniyalari bilan uchrashib, mazkur holat yuzasidan izoh soʻragan. Aviakompaniyalar vakillari Rossiya Federatsiyasi chegarasini kesib oʻtish qoidalari va amaldagi cheklovlar toʻgʻrisida fuqarolar xabardor qilinganini hamda yoʻlovchilarning mamlakatga kirishining rad etilishida hech qanday majburiyati yoʻqligini maʼlum qilgan.

Sdacha ekzamenov v tsentre testirovaniya migrantov - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rus tilini bilmaydigan migrantlarga soxta sertifikat beradiganlar katta jarima toʻlaydi

Ayni paytda Rossiyaga soxta hujjatlar bilan noqonuniy borgan fuqarolar Oʻzbekistonga qaytarilmoqda.

Taʼkidlash joiz, pandemiya munosabati bilan chet el, shu jumladan Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishi boʻyicha joriy etilgan cheklovlar hali bekor boʻlmagan.

Shu oʻrnida, Tashqi migratsiya agentligi Rossiyaning vakolatli rasmiy organlari bilan aloqalari borligi va shu sababli ushbu davlat hududiga olib kirib qoʻyishni vaʼda qilib, turli soxta hujjatlar tayyorlab beryotgan shaxslarga ishonmaslikni tavsiya qilmoqda.

Pandemiya davrida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiyaning yirik ish beruvchilari bilan hamkorlikda yurtdoshlarimiz ushbu davlatga tashkillashtirilgan holda ishga jalb etilmoqda.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala