https://oz.sputniknews-uz.com/20210104/Maktablarda-pedagoglarni-moddiy-rabatlantirish-tartibiga-zgartirish-kiritildi-15724988.html
Maktablarda pedagoglarni moddiy ragʻbatlantirish tartibiga oʻzgartirish kiritildi
Maktablarda pedagoglarni moddiy ragʻbatlantirish tartibiga oʻzgartirish kiritildi
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, maktablarning pedagog xodimlari xalqaro tadqiqotlarga oʻquvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qoʻshgan taqdirda bazaviy... 04.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-04T13:43+0500
2021-01-04T13:43+0500
2021-01-04T13:43+0500
iqtisod
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1417/75/14177537_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_a119f0ecb5182bf6654f20a305e01371.jpg
TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Hukumatning 31 dekabr 2020 yildagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, maktablarning pedagog xodimlari xalqaro tadqiqotlarga oʻquvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qoʻshgan taqdirda bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama qoʻshiladi. Ilgari ushbu ustama pedagog xodimlar faoliyati davomida yuqori natijalar koʻrsatgan taqdirda toʻlangan.100 foizlik ustama olishga daʼvogar pedagog xodimlarning mashgʻulot olib boradigan fanlari boʻyicha oʻquvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari asosida baholanadi.Bunda nazorat materiallari Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi.Ilgari nazorat materiallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tayyorlangan.Shuningdek, endilikda oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritganda maktablarning rahbar xodimlariga va soatbay ishlovchi oʻqituvchilarga ham oylik ustamalar belgilanadi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20201229/Mirziev-bosha-viloyatga-borib-ishlagan-ituvchiga-100-foiz-ustama-a-tlanadi-15696911.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20201130/Pedagog-khodimlar-maoshiga-ustama-tlanadi--15500791.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1417/75/14177537_289:0:3020:2048_1920x0_80_0_0_e9d9960af047b8c5e4a69e3a9e412420.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Maktablarda pedagoglarni moddiy ragʻbatlantirish tartibiga oʻzgartirish kiritildi
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, maktablarning pedagog xodimlari xalqaro tadqiqotlarga oʻquvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qoʻshgan taqdirda bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama qoʻshiladi
TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Hukumatning 31 dekabr 2020 yildagi
qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, maktablarning pedagog xodimlari xalqaro tadqiqotlarga oʻquvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qoʻshgan taqdirda bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama qoʻshiladi. Ilgari ushbu ustama pedagog xodimlar faoliyati davomida yuqori natijalar koʻrsatgan taqdirda toʻlangan.
100 foizlik ustama olishga daʼvogar pedagog xodimlarning mashgʻulot olib boradigan fanlari boʻyicha oʻquvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari asosida baholanadi.
Bunda nazorat materiallari Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi.
Ilgari nazorat materiallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tayyorlangan.
Shuningdek, endilikda oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritganda maktablarning rahbar xodimlariga va soatbay ishlovchi oʻqituvchilarga ham oylik ustamalar belgilanadi.