Blekaut: Markaziy Osiyo yagona energetik tizimida avariya yuz berdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni paytda Talimarjon IESda qurilmalarni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda, qolgan elektr stantsiyalarda ish rejimi qayta tiklangan.
TOSHKENT, 5 yanv - Sputnik. Markaziy Osiyo va Qozogʻistonni bogʻlovchi yagona energetik tizimining elektr uzatish tarmoqlarida rejadan tashqari sodir boʻlgan uzilishlar sababli avariyaga qarshi avtomatika ishlagan, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot-xizmati.
Zamministra energetiki Uzbekistana Sherzod Xodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy Osiyo yagona energiya halqasi qachon ishga tushiriladi - Xodjayev javobi
Vazirlik bayonotiga koʻra, energetik qurilmalarga shikast yetmaslik uchun uskunaning texnologik himoyasi avtomatik ravishda ishlagan va ayrim elektr stantsiyalardagi energobloklar oʻchirilgan.
Xususan:
Toʻraqoʻrgʻon IESda quvvati 750 MVt dan 500 MVt gacha,
Taxiatosh IESda 280 MVt dan 150 MVt gacha,
Navoiy IESda 450 MVt dan 230 MVt gacha,
Toshkent IESda 370 MVt dan 180 MVt gacha quvvat kamaygan.
 GRES - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektr energiya bozorini yaratishadi
Shuningdek, Talimarjon IESning umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan ikkita BGQlari oʻchirildi.
Ayni paytda Talimarjon IESda qurilmalarni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda, qolgan elektr stantsiyalarda ish rejimi qayta tiklangan.
Mazkur oʻchish holatining sabablari oʻrganilmoqda.
"Yaqin soatlarda elektr energiyasi taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz", - deyiladi energetika vazirligi matbuot xizmati bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala