Dunyoda

Tojikistonga minus 40 darajadagi Sibir sovugʻi kelmoqda

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishUlichnыy termometr
Ulichnыy termometr - Sputnik Oʻzbekiston
Ertadan Tojikistonning ayrim hududlarida havo harorati 35 darajadan pastga tushishi mumkin - Respublika meteorologiya agentligi.
TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Ertadan Tojikistonning ayrim hududlarida havo harorati 35 darajadan pastga tushishi mumkin, deb xabar qilmoqda Respublika meteorologiya agentligi. Sputnik Tojikiston.
Sneg v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Minus 15: ertaga Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo
Togʻli Badaxshonda bulutli havo boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylarda ozgina qor yogʻadi. Gʻarbiy qismida havo harorati kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi. Hududning sharqiy qismida kechasi 23-28 daraja sovuq, baʼzi joylarda termometr minus 31-36 darajagacha pasayadi, kunduzi harorat -12-17 darajani tashkil qiladi.
Sugʻd viloyatida havo bulutli boʻladi, ayrim tumanlarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Vodiylarda havo harorati kechasi -4-9 daraja, kunduzi -1-6 daraja boʻladi. Togʻli hududlarda harorat kechasi 11-16 daraja sovuq boʻladi.
Xatlon viloyatida havo bulutli boʻlib, joylarda ozgina qor yogʻishi, shuningdek tuman tushishi kutilmoqda. Gʻarbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -3-8 daraja, kunduzi -3 ... + 2 daraja iliq boʻladi. Togʻ oldi hududlarida havo harorati 7-12 daraja sovuq boʻladi.
Dushanbe shahrida havo bulutli boʻlishi va ozgina qor yogʻishi, tuman tushishi kutilmoqda. Kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi -1 ... + 4 daraja boʻladi.
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala