Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Abdulaziz Kamilov Adam Boler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuv chogʻida koʻp qirrali Oʻzbekiston-AQSH munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama etilgan
TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Adam Boler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Prazdnovaniye Namaz xayit v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Oʻzbekistonni diniy erkinlik masalasida boshqalarga oʻrnak boʻlishga chaqirmoqda
Delegatsiya tarkibidan AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) administratori yordamchisi vazifasini bajaruvchi Xaver Pedra, Davlat departamentining global ayollar muammolari boʻyicha idorasi rahbari, alohida topshiriqlar boʻyicha elchi Kelli Kyurri ham oʻrin olgan.
Uchrashuv chogʻida koʻp qirrali Oʻzbekiston-AQSH munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashda hamkorlik qilish, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni faollashtirish masalalari muhokama qilingan.
Tomonlarning Strategik sheriklik muloqotini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori mamnuniyat bilan qayd etilib, bu Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida barcha yoʻnalishlardagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratishi taʼkidlandi.
Zaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
AQSH maʼmuriyati islohotlar fonida Oʻzbekistonga xushomadgoʻylik qilmoqda
Tomonlar iqtisodiy taraqqiyot, qishloq xoʻjaligi va sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish kabi ustuvor sohalarida birgalikda ishlashga tayyorlik bildirgan.
Amerika tomoni Oʻzbekistonning gender tenglik taʼminlash, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ayollarning roli va mavqeini mustahkamlash borasida erishgan yutuqlarini yuqori baholagan.
Iqtisodiy aloqalar va savdoni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan mintaqalararo investitsiya va infratuzilma loyihalarini barpo etishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.
Muzokaralarda AQSH Elchisi Deniel Rozenblyum ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala