Dunyoda

Trampni boʻlisholmadi. AQShda prezident tarafdorlari va qarshi tomon oʻrtasida jang yuz berdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishAktsiya protesta storonnikov Trampa v Vashingtone
Aktsiya protesta storonnikov Trampa v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisa 6 yanvar kuni Kapitoliyda amaldagi prezident tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar tufayli AQSH prezidenti Donald Trampga impichment eʼlon qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yuz bergan.
TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Kaliforniya shtatining San-Diyego shahrida AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari va unga qarshilar oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi, deb xabar qilmoqda amerikaning Fox5 telekanali.
Shturm Kapitoliya, strelba i pogibshiye: glavnoye o sobыtiyax v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQShdagi tartibsizliklar, otishma va qurbonlar – voqea joyidan video
Mojaro qirgʻoqdan boshlangan, Tramp tarafdorlari mitingi aynan shu joydan prezidentni qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻlga chiqqanlar. Shu paytda miting qatnashchilari yonida amaldagi prezidentni yoqtirmaydiganlar paydo boʻlgan, oqibatda ikki guruh oʻrtasida toʻqnashuv yuzaga kelgan.
Tramp raqiblari orasida shuningdek, antifashist guruhlar ham kuzatilgan, deya xabar qilgan telekanal.
Ayni vaqtda barcha guruhlar hududni tark etishgan, tomonlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar politsiyachilar tomonidan toʻxtatilgan.
Vzrыv u zdaniya kongressa v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kongress Jo Baydenning AQSH prezidenti etib saylanganligini tasdiqladi
Hodisa 6 yanvar kuni Kapitoliyda amaldagi prezident tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar tufayli AQSH prezidenti Donald Trampga impichment eʼlon qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yuz bergan.
OAVlar toʻqnashuvlar oqibatida besh kishi, shu jumladan, bir nafar politsiyachi halok boʻlgani haqida xabar berishgan edi.
Sal oldin Kongressda prezident saylovlarida demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden gʻalaba qozonganini tasdiqlashgan edi. Bayden inauguratsiyasi 20 yanvarga rejalashtirilgan. Tramp saylovlar natijalarini tan olmayapti va ularni soxtalashtirilgan, deb hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala