Siyosat

"Ha, men batkaman". Lukashenko xalq tomonidan berilgan laqabga koʻnikkanini tan oldi

Belarus yetakchisining soʻzlariga koʻra, uning ish kunining boshi va oxiri yoʻq, oʻta ish koʻpayib ketgan kunlarda esa, sutkalab ishlashga toʻgʻri keladi. Lukashenko yoshlikdan tong sahar turishga odatlanganini aytdi.
TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻzini orqavarotdan "batka" deb chaqirishlariga allaqachon koʻnikkanligini tan oldi, u prezident rolini gʻildirak ichidagi olmaxonga qiyosladi.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Belorussii A. Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
AQSH Lukashenkoni prezident sifatida tan olmadi, Turkmaniston esa tabrik yoʻlladi
"Nima, ha, men oʻsha batkaman. Yoqadimi, yoqmaydimi, batkaman. Men bunga koʻnikdim", – dedi Belarus yetakchisi "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida.
U shuningdek, hech qachon oʻzida charchoq his qilmasligini qoʻshimcha qildi, chunki, prezidentning bu haqda oʻylashga vaqti yoʻq.
"Prezident – bu gʻildirak ichidagi olmaxon. Toʻxtashning imkoni yoʻq. Gʻildirak aylanaveradi – sen yuguraverasan, yuguraverasan, yuguraverasan. Xalq tili bilan aytganda, tiling osilib, jon beradigan bir ahvolgacha shunday davom etaveradi", - dedi Lukashenko.
Belarus yetakchisining soʻzlariga koʻra, uning ish kunining boshi va oxiri yoʻq, oʻta ish koʻpayib ketgan kunlarda esa, sutkalab ishlashga toʻgʻri keladi. Lukashenko yoshlikdan tong sahar turishga odatlanganini aytdi.
"Olti, besh yarimlarda uygʻonaman va badantarbiya bajarishga kirishaman", - dedi Lukashenko.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala