Iqtisod

Jizzaxda ishlab chiqariladigan krossoverlarning modeli haqida maʼlumot berildi

© AFPRabotnik na konveyere po sborke avtomobiley na zavode Dongfeng v Uxane
Rabotnik na konveyere po sborke avtomobiley na zavode Dongfeng v Uxane - Sputnik Oʻzbekiston
Jizzaxda “Dong Feng” krossoveri va “New Star Truck” avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Jizzaxda “Dong Feng” krossoveri va “New Star Truck” avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ular Xitoyning yirik “Dong Feng” va “Changan” avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi.
Krossover KIA Seltos - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jizzaxda ishlab chiqariladigan KIA avtomobillari narxi maʼlum boʻldi
Ushbu avtomobillarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish 2021—2023 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlangan prezident qarorida keltirilgan.
Loyihaga binoan yiliga 27 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Loyiha 16,2 million dollarga baholangan. Shundan 10,5 million dollari toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar, 5,6 million dollari esa oʻz mablagʻlari.
Loyiha Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilishi hamda zavodda 3 xil turdagi krossover, 2 xil turdagi yengil yuk tashuvchi va mikroavtobuslar ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.
Hokimlik xabarida ayni paytda zavod hududida keng koʻlamdagi qurilish ishlari boshlab yuborilgani qoʻshimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala