Video

COVID-19 ga qaramasdan Argentina plyajlari toʻlib toshgan – video

Argentinada hukumat koronavirus tarqalishini sekinlashtirishga urinayotgan bir paytda minglab odamlar plyajlar sari oqib kelmoqda.
Argentinada koronavirus pandemiyasiga qaramasdan kishilar quyosh nurlari ostida rohatlanishni afzal bilishmoqda. Mamlakatda yangi kasallanganlar soni oshib bormoqda. Dam olish mavsumi boshlanishi bilan kasallanganlar soni 2 baravarga oshgan.
Ammo bu koʻpchilikning parvoyiga kelmayapti: odamlar quyoshda toblanib choʻmilishmoqda, ochiq havoda turli bazmlar uyushtirishmoqda.
Shu bilan birga, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanyotganlarni koʻrish amri mahol. Plaj soyabonlari shunchalik yaqin oʻrnatilganki goʻyoki ularni ijtimoiy masofa saqlash haqida hech kim ogohlantirmagan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Argentinada 1,7 milliondan ziyod kishi COVID-19 bilan kasalllangan, shulardan 1,5 million sogʻayib ketgan. 44,6 ming kishi virus qurboniga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala