Siyosat

Putin Rossiya vaktsinasini dunyodagi eng yaxshi preparat deb atadi

Putin vaktsina yaratilishi bu Rossiya mutaxassislari, Rossiya olimlarining shak-shubhasiz muvaffaqiyati, deya qoʻshimcha qildi.
TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinasini dunyodagi eng yaxshi preparat deb hisoblashini aytdi. Shu bilan birga, Putin, shtammlar koʻpligi bir sharoitda vaktsina oʻzini qanday tutishi zarurligini tushunish muhim, deya taʼkidlab oʻtdi.
Koronavirus COVID-19: Rossiya podelitsya vaktsinoy so stranami blijnego zarubejya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Falastin Yaqin Sharqda birinchi boʻlib “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatga oldi
"Bu kunday ravshan, biz ilgari ham xuddi shunday fikrda edik, hozir esa tajriba shuni koʻrsatmoqda - u, meni fikrimcha, dunyodagi eng yaxshi preparat, va bu turdagi boshqa hech qaysi preparat bunchalik himoya va xavfsizlik darajasini namoyon etmaydi", - dedi Putin RF hukumati bilan yigʻilishda vaktsina haqida gapirar ekan.
Putin vaktsina yaratilishi bu Rossiya mutaxassislari, Rossiya olimlarining shak-shubhasiz muvaffaqiyati, deya qoʻshimcha qildi.
Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti oʻtgan yilning 11 martida koronavirus tarqalishi holatini butunjahon pandemiyasi deya eʼlon qilgan edi.
Bugungi kunga kelib koronavirus bilan infektsiyalanganlar soni dunyo boʻyicha 90 milliondan oshdi, 2 millionga yaqin kishi virus qurboniga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala