Dunyoda

Donald Trampga ikkinchi marta impichment eʼlon qilindi – bu AQSH tarixidagi ilk holat

© AFP 2018 / Drew AngererDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Hokimiyat tepasida sanoqli kunlar qolgan Donald Trampga yana impichment eʼlon qilindi. Shu tariqa u AQSH tarixida ikki marta impichment eʼlon qilingan yagona prezident boʻldi.
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. AQSH kongressi Vakillar palatasi aksariyat aʼzolarining ovozi bilan prezident Donald Trampga impichment eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.
Trampni lavozimidan chetlatishni yoqlab 232 kongressmen, jumladan uning 10 nafar partiyadoshlari, ovoz berdi, 197 kishi qarshi chiqdi.     
Shu tariqa u AQSH tarixida ikki marta impichment eʼlon qilingan yagona prezident boʻldi.
Prezident isyonga davʼat qilishda ayblanmoqda. Vakillar palatasi rezolyutsiyasida Trampning xatti-harakatlari Konstitutsiyaning “ogʻir jinoyat va nooʻrin xatti-harakatlar” taʼrifiga muvofiq kelishi bayon qilingan.
Kandidat v prezidentы ot respublikantsev Donald Tramp i kandidat v vitse-prezidentы ot respublikantsev Mayk Pens vo vremya tretyego dnya sessii Natsionalnogo sʼyezda respublikantsev v Klivlende, 2016 god - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH vitse-prezidenti Donald Trampni hukumatdan chetlatishga qarshi chiqdi
Endilikda hujjat kongressning yuqori palatasi Senatda koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Ammo yuqori palata spikeri Mitch Makkonnell impichment masalasini koʻrib chiqish uchun shoshilinch yigʻilish chaqirtirmasligini aytgan. Trampga u lavozimdan ketgandan soʻng impichment eʼlon qilishi yoki qilinmasligi noaniq. Kongress tarixida bunday holat ilgari kuzatilmagan.
2020 yil fevral oyida AQSH Senati prezident Donald Trampga eʼlon qilingan birinchi impichmentni bekor qilgan edi. Oʻshanda u hokimiyatni suiisteʼmol qilish va Kongressga toʻsqinlik qilishda ayblangandi.
Kapitoyning ishgʻol qilinishi
2021 yil 6 yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga eʼtiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar toʻdasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi gʻalabasi tasdiqlanishi kerak boʻlgan Kongressning qoʻshma sessiyasini toʻxtatib qoʻydi. Kongress aʼzolari xavfsiz joyga olib ketildi va ular u yerda bir necha soat boʻlishlariga toʻgʻri keldi. Namoyishlarda 5 kishi halok boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala