Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik Oʻzbekiston
Davron Toʻlaganov koʻp yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan.
TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Davron Toʻlaganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Vaziyatni murakkablashtirmaylik": Otabekov tibbiy niqoblarni taqishda davom etishga chaqirdi
Tibbiyot fanlari doktori Davron Toʻlaganov koʻp yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan. 2016—2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh shifokor muovini vazifasini bajaruvchi boʻlgan.
Maʼlumot uchun, birlashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta viloyat filiali, 176 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, 2400 dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviatsiya xizmati va favqulodda vaziyatlarda aholini tibbiy taʼminlash tezkor brigadalari kiradi.
Eslatib oʻtamiz, Toʻlaganovga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor sifatida Abduhakim Xojiboyev ishlab kelgan. U 2020 yilning noyabrida Prezident farmoni bilan Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala