Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Serbiya 250 ming doza "Sputnik V" vaktsinasiga buyurtma berdi - Vuchich

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishMyunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti
Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston
Xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy taʼsirlarning mavjud emasligi Rossiyada ishlab chiqilgan "Sputnik V" vaktsinasining eng muhim ustuvorliklaridan biri sanaladi.
TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Serbiya seshanba kuni, 19 yanvarda 250 ming doza Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaktsinasini olishi kutilmoqda, deb bayonot berdi mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich.
“Sputnik V” Afrikaga etib bordi. Nima uchun Rossiya vaktsinasiga ishonishmoqda? - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
“Sputnik V”: Nima uchun Rossiya vaktsinasiga ishonch bildirishmoqda? - video
Shanba kuni u Xitoydan bir million dozada keltirilgan Sinopharm kompaniyasi vaktsinasini kutib oldi.
"Dushanba kuni yana 19,5 ming doza Pfizer vaktsinasi keltiriladi, seshanba kuni 250 ming doza "Sputnik V" vaktsinasi olib kelinadi, shu tariqa, biz chorshanba kungacha 1,43 million doza vaktsinaga ega boʻlamiz", – deya iqtibos keltirgan RIA Novosti Serbiya prezidenti soʻzlaridan.
Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020 yilning avgustida COVID-19ga qarshi Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaktsinani dunyoda birinchilardan boʻlib roʻyxatdan oʻtkazgan edi. U "Sputnik V" nomini oldi. Vaktsina insonning oʻrganilgan va ishonchli adenovirusli vektorlari platformasida yaratilgan. Xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy taʼsirlarning mavjud emasligi vaktsinaning eng muhim ustuvorliklaridan biri sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala