Tojikiston COVID-19 ni yengdimi: Markaziy Osiyodagi vaziyat

© Sputnik / Amir IsayevJiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse
Jiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutkada Qozog‘istonda qariyb 1000 kishida korovirus aniqlandi. Tojikistonda esa 6 kundan buyon hech kim kasallanmayapti.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining boshqalariga qaraganda eng ko‘p koronavirus aniqlanmoqda.
Qozog‘istonda o‘tgan kuni 978 ta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Mamlakatda jami 168 096 kishida infeksiya aniqlangan. Shulardan 153 035 nafari sog‘ayib ketgan. 2349 kishi virus qurboniga aylangan.
Rabota GKB № 15 im O. M. Filatova  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus: barcha hududda yangi holatlar – eng ko‘p Toshkentda
Qirg‘iziston eng ko‘p COVID-19 aniqlanish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. O‘tgan sutkada 123 kishida virus aniqlangan. Kasallanganlarning umumiy soni 83 109 nafarga yetgan. Shulardan 78 994 nafari tuzalgan. Virus tufayli 1384 nafar qirg‘izistonlik vafot etgan.
O‘zbekistonda o‘tgan kuni 64 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan. Shu tariqa kasallanganlarning umumiy soni 77 968  nafarni tashkil etmoqda. Shularning 76 436 nafari kasallikni yenggan. 619 kishi virus oqibatlaridan vafot etgan.
Tojikiston SSV taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 6 kundan beri hech kim koronavirus bilan kasalanmayapti. Respublikada jami 13 308 kishi kovid yuqtirib olgan. Shulardan 13 218 nafari davolanib chiqqan. Shu bilan birga 90 bemor COVID-19 o‘lgan. Ushbu raqamlarga ishonilsa, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar qolmagan.
Turkmanistonda esa koronavirus rasman qayd etilmagan va u dunyoda koronavirus aniqlamagan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0