Analitika

Telefonga WhatsApp oʻrnatganda qanday shartga rozi boʻlish kerak

© AFP 2018 / LIONEL BONAVENTURESotsialnыe seti
Sotsialnыe seti - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqinda, WhatsApp kompaniyasi tomonidan eʼlon qilingan xavfsizlik siyosatini oʻzgartirish haqidagi xabar butun dunyoda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Foydalanuvchilar messenjerdan voz kechib boshqa xizmatlarga oʻta boshladi.
TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Maʼlumki bugun millionlab foydalanuvchilarga ega boʻlgan IT-bozorining yirik ishtirokchilari faoliyatining ishonchli davom etishi koʻpchillikni qiziqtiradi. Ularning stabil ishlashidan nafaqat oddiy foydalanuvchilar, balkim yirik tijoriy kompaniyalar, jamoat tashkilotlari davlat organlari faoliyati manfaatdor boʻlishi mumkin.
WhatsApp i drugiye messendjerы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
WhatsApp yangi funktsiyani ishga tushirdi
Oʻtgan yilning oxirida WhatsApp messendjeri dasturdan foydalanishning yangi shartlarini eʼlon qilingan edi. Yangi qoidalar 2021 yilning 8 fevralida kuchga kirishi va ulardan voz kechgan holda  foydalanuvchi akkaunti avtomatik ravishda bloklanishi kerak edi.
Bunday talab messenjer foydalanuvchilariga maʼqul kelmadi. Koʻpchillik undan voz kechishga qaror qildi va boshqa platformalarga oʻtishni boshladi. Muqobil messenjerlar orasida eng ommaviysi – Telegram boʻldi. Shu vaqtga qadar AQShda unchalik ommaviy boʻlmagan Telegram, qisqa vaqt ichida yuklab olish boʻyicha eng ommaviy dasturlardan biriga aylandi. Dastur App Store va Google Playda yuklab olish boʻyicha ikkinchi oʻringa chiqib oldi. Faqatgina 6-10 yanvar kunlari Telegram dasturni 5,6 million kishi yuklab oldi, umumiy auditoriya soni 500 milliondan oshib ketdi.

Mutlaq ochiq

Xoʻsh nega WhatsAppning taklifi butun dunyo foydalanuvchilarning gʻazabini qaynatdi va undan voz kechishga sabab boʻldi?
Yangi xavfsizlik qoidalarida aytilishiga koʻra, fiydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari Facebookning barcha dasturlari uchun ochiq boʻladi. Eslatib oʻtamiz, Facebook WhatsAppni 2014 yilda 19 milliard dollarga sotib olgan edi. Ushbu maʼlumotlar roʻyxatiga foydalanuvchi telefon raqami, uning ismi sharifi, smartfon va uyali aloqa operatori haqidagi maʼlumotlar, IP-adresi, moliyaviy operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar va boshqalar.
Ekran telefona - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
WhatsApp ichida yashiringan shpion dastur topildi
Xoʻsh, bu maʼlumotlarni uchinchi shaxsga berish nima uchun kerak?
WhatsApp taʼkidlashiga koʻra, “ayrim” maʼlumotlar Facebookka berilishidan hech kim zarar koʻrmaydi, foydalanuvchilarning xabarlari shifrlangan holda qoladi.
Rossiya elektron kommunikatsiyalar Assotsiatsiyasi bosh tahlilchisi Karen Kazaryan aytishiga qaraganda WhatsApp “boʻlishayotgan” maʼlumotlar reklamani target qilish uchun ham foydalanilishi mumkin.  
“Foydalanuvchi yozishmalari va suhbatlari hech qayerga uzatilmaydi va shifrlangan koʻrinishda qoladi, lekin ularning oʻgʻirlanishi ehtimoli har doim bor. Shu sababli kompaniyaga ishonish yoki ishonmaslik – foydalanuvchining ishidir. Lekin himoya darajasi baribir yuqori, - deydi Kazaryan.
Bauman nomidagi MGTU raqamli kriminalistika fakulteti professori Vitaliy Vexov aytishiga qaraganda WhatsApp yuklab olish jarayonida foydalanuvchidan smartfonning barcha muhim funktsiyalaridan foydalanish uchun bir talay ruxsatnomalar berishni talab qiladi.
Devushka na Nikolskoy ulitse v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
WhatsApp dasturi ayrim telefonlarda ishlashni toʻxtatadi
“Messenjer foydalanuvchining barcha shaxsiy maʼlumotlari, adreslar roʻyxati, smartfon kamerasi va mikrofonidan masofadan turib foydalanish imkoniyati va boshqa funktsiyalar. Foydalanuvchi bunga rozi boʻlgan zahotiyoq uning shaxsiy hayoti ushbu dasturni yaratgan shaxslar uchun sir boʻlmay qoladi. Yana bir bor eslatib oʻtaman, WhatsApp - bu ANB (AQSH milliy xavfsizlik agentligi) dasturidir.
Biz bundan siyosiy maqsadlarda qanday foydalanish mumkinligini yaqinda AQShda boʻlib oʻtgan hukumat almashish jarayonida juda yaxshi kuzatdik, - deydi Vexov.
Ekspert xulosasiga koʻra, yangi shartlar qabul qilinmasdan oldin ham foydalanuvchi dasturni oʻrnatgan zahotiyoq oʻz shaxsiy maʼlumotlaridan foydalanishga imkoniyat ochib beradi.

Sabr kosasi toʻldi

Butun dunyo foydalanuvchilari Edvarda Snouden ochiqlagan va WikiLeaks sayti orqali eʼlon qilingan faktlarni juda yaxshi eslashadi. Shundan soʻng koʻpchillik axborot maxfiyligi – bu shunchaki chiroyli vaʼda ekanini tushunib yetdi. Shu sababli ham odamlar shaxsiy axborotning har qanday tarqalishidan qoʻrqib qolishgan.
Kompyuterda ishlash - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish taʼqiqlanadi
Soʻnggi kunlarda kuzatilgan, ijtimoiy tarmoqlarda AQSH prezidenti Donalld Tramp va uning tarafdorlarining taʼqib qilinishi, Parler xizmatining bloklanishi oqibatida - koʻpchillik amerikaliklar Telegramga qiziqa boshlagan edi. Raqobat nafasini his qilgan Facebook esa Telegram xavfsizligini shubha ostiga oluvchi va uning Rossiya bilan bogʻliqligini taʼkidlovchi xabarlar tarqata boshladi.
Birozdan soʻng esa amerikaning Coalition for a Safer Web (Xavfsiz internet koalitsiyasi) nomli nodavlat notijorat tashkiloti Telegramni App Store va Android marketdan oʻchirishni talab qila boshladi. Ularning fikriga koʻra, u yerda rasist va neonatsist mazmunli materiallar koʻp tarqatilar ekan.
Telegram asoschisi Pavel Durov, albatta ushbu ayblovlarga javob berdi. Uning fikriga  koʻra amerikaliklar, faqat siyosiylashgan texnologik gigantlar va monopolistlarning qoʻliga qarab turishni istamaydi. Foydalanuvchilar maʼlum vaqtga qadar chidab kelishgan boʻlsa-da, endi ularning sabr kosasi toʻlgan.
Telegram oʻz navbatida, ijtimoiy tarmoqda zoʻravonlikni cheklashga harakat qilmoqda. Xususan, oʻtgan hafta davomida administratorlar AQSH hududida zoʻravonlikka chaqiruvchi yuzlab xabarlarni oʻchirib tashlashgan.
Informatsionnыe texnologii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
WhatsApp xabarlarni toʻliq shifrlaydigan boʻldi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham oʻzining yillik katta intervyusi davomida Telegram borasida tarqalayotgan xabarlarga izoh berdi. Vazir xulosasiga koʻra, AQSH bir qator xalqaro shartnomalarga aʼzo ekanini va ular har bir davlatga inson huquqlari va erkinliklarini saqlash borasida qator majburiyatlar yuklashini eslatib oʻtdi.  
“AQSH hali ham Inson huquqlari va asosiiy erkinliklarini himoya qilish konventsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro pakti aʼzosi. Shuningdek, Xelsinki yakuniy akti, YEHXTning bir qator hujjatlari, Parij xartiyasi va 1999 yilda imzolangan Yevropa xavfsizlik xartiyasi aʼzosidir” – dedi Lavrov.

Oʻzbekiston nima deydi?

AQSH va Gʻarb bir vaqtlar inson huquqlari buzilshida, soʻz erkinligi cheklanishida ayblagan, Oʻzbekiston ham bugun AQShni oʻziga kelishga chaqirmoqda. Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov oʻz Telegram-kanalida bu borada oʻz fikrlarini bildirgan.
Allamjonov aytishiga qaraganda, agar App Store va Google Play oʻz maydonchalaridan Telegramni oʻchirsa, bu ushbu platformalarga ishongan, aksariyatni tashkil qiluvchi namunali foydalanuvchilarga nisbatan nohaqlik boʻladi.
“Salbiy kontent istalgan messendjer yoki ijtimoiy tarmoqda tarqalishi mumkin, oʻsha Facebook va Twitterda ham, keling, unda ularni ham yopamiz!”, - deydi  Mass-media fondi raisi.  
Telegram, terrorizm, ekstremizm, antisemitizm, pornografiya va boshqa taʼqiqlangan kontentga qarshi eng koʻp kurashuvchi messenjerlardan biridir. Ushbu tarmoq orqali pandemiya davrida millionlab odamlar kerakli maʼlumotlarni tezkorlik bilan olish imkoniga ega boʻldi, deydi Allamjonov.
“Maʼno" tadqiqotchilik tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev aytishga qaraganda Oʻzbekistonda WhatsAppga qaraganda Telegram bir necha barobar ommaviydir shu sabab ham Oʻzbekiston tomonidan Telegramning qoʻllab-quvvatlanishi bu taʼbiiy holdir.
Whatsapp, Facebook Messenger, Telegram, Messages - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada WhatsApp, Viber va Telegram foydalanuvchilarining shaxsi aniqlanadi
Amerika messendjerdan asosan ish yuzasidan foydalanishga majbur boʻlgan fuqarolar foydalanishi mumkin. Telegram – esa eng ommaviy messenjer hisoblanadi.Bugungi kunda aksariyat davlat muassaslarining va hatto prezidentning ham ushbu tarmoqda rasmiy sahifasi bor.
AQShdagi siyosiy kurash vaqtida ijtimoiy tarmoq va turli platformalar unga qanday taʼsir oʻtkazganini koʻpchilik yaxshilab kuzatish  imkoniga ega boʻldi. Shu orada Signal kabi yangi messenjerlar ham paydo boʻldi. Lekin elektron gadjetlardan foydalanayotgan har bir fuqaro bir narsani yaxshi bilishi kerak: har qanday gadjetning “kaliti” bor.
Vitaliy Vexov aytishiga koʻra, zamonaviy gadjetlariga ishlab chiqarish jarayonidayoq masofadan turib boshqarish kodlari kiritiladi. Foydalanuvchi maʼlum dasturni yuklab olganidan soʻng, boshqarish kodlariga ega boʻlgan tuzilmalar uning smartfoniga “kirishi” mumkin. Bunda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishning iloji qolmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala