Migratsiya

Oʻzbekistonlik migrantlar Rossiyada nafaqat qurilishlarda kerak – Postavnin

© Sputnik / Ruslan KrivobokVyacheslav Postavnin
Vyacheslav Postavnin - Sputnik Oʻzbekiston
“Migratsiya- XXI asr” fondi prezidenti Vyacheslav Postavnin Rossiyada xorijliklar uchun mehnat bozorida talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni ushlab turishga imkon beradigan tizim yaratish zarur deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat oldiga Rossiya hududidagi qurilish-montaj ishlariga mehnat migrantlarini soddalashtirgan holda jalb qilish masalasini koʻrib chiqishni qoʻydi. Vazirlar mahkamasi bu topshiriqni joriy yil 1 martiga qadar bajarishi kerak.
Sbor urojaya klubniki - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Astraxan viloyatida qaysi sohalarda migrantlarga talab yuqoriligi aytildi
“Migratsiya - XXI asr” fondi prezidenti Vyacheslav Postavnin Rossiyada ishchi kuchi yetishmasligi muammosi nafaqat qurilish sohasi, balki qishloq xoʻjaligida ham mavjudligini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning janubiy viloyatlarida oʻzbekistonlik migrantlarga har qachongidan ham zarur.
“Ishbilarmonlar ularning issiqxona xoʻjaliklariga Oʻrta Osiyo, avvalo Oʻzbekistondan ishchilar juda zarurligini aytishmoqda”, - deydi Postavnin Sputnik agentligi bilan suhbatda.
U muammoni hal qilishga Rossiya Qishloq xoʻjaligi ham eʼtibor qaratishi lozim deb hisoblaydi.
Rabochiy na stroyploщadke - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Migrantlarsiz ish boʻlmaydi: Rossiya qurilish kompaniyalari xorijliklarni kutmoqda
Postavnin Rossiyada bugungi kunda yetarlicha ishsiz quruvchi migrantlar borligini taxmin qildi. Ehtimol, ularni topib, toʻplab va kerakli joylarga olib borish kerakdir, deb taʼkidladi u. Ammo mamlakatda hozircha bunday mexanizm yoʻq.
“Menimcha, allaqachon mamlakatda boʻlib turganlarni ish bilan taʼminlagan yaxshiroq. Bu barcha jihatdan toʻgʻri. Chunki migrantlar nafaqat Rossiyada ishlayotgan, balki bu yerda barcha oʻz muammolari bilan yashayotgan insonlar”, - deydi Postavnin.
Uning fikriga koʻra, mehnat bozorida talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni ushlab turishga, odamlarni mamlakat boʻylab taqsimlashga, ularning malakalarini aniqlashga imkon beruvchi tizim lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala