Migratsiya

Rossiya IIV Moskvada chet ellik ishchilarning “jiddiy tanqisligi” haqida maʼlum qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishRabochiye v Moskve
Rabochiye v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Moskvada chet ellik ishchilarning jiddiy tanqisligi kuzatilayotgani haqida gapirdi.
TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Moskvada xorijiy ishchi kuchiga talab ortib bormoqda. Shu munosabat bilan, Rossiya tomoni Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarini qurilish obʼyektlariga jalb qilish boʻyicha ish boshlagan. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy maʼlum qildi.
Rabochiy na stroyploщadke - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Migrantlarsiz ish boʻlmaydi: Rossiya qurilish kompaniyalari xorijliklarni kutmoqda
“Muammolar bor edi, endi esa ular cheklovlar bekor qilingani bilan yanada jiddiyroq tus oldi, xorijiy ishchi kuchi tanqisligi.  Bugungi kunda biz qurilish obʼyektlari va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasiga Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish boʻyicha poytaxt hukumatining tegishli idoralari bilan ishlamoqdamiz”, - dedi Gorovoy. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning soʻzlariga koʻra, shu bilan birga mehnat migrantlarining joylashuvi va COVID-19 boʻyicha cheklovlarga rioya qilinishini nazorat qilish darkor.
Oʻzbekistonlik migrantlar Rossiyada nafaqat qurilishlarda kerak – Postavnin
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat oldiga Rossiya hududidagi qurilish-montaj ishlariga mehnat migrantlarini soddalashtirgan holda jalb qilish masalasini koʻrib chiqish vazifasini qoʻygan edi. Vazirlar mahkamasi bu topshiriqni joriy yil 1 martiga qadar bajarishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala