Jamiyat

Prezident Buxoroda yosh dasturchilar bilan suhbatlashdi

Buxoro IT Parkida oʻquvchi, talaba va frilanser dasturchilar robototexnika, veb dizayn va professional dasturlashni oʻrganadi.
TOSHKENT, 22 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga amalga oshirilayotgan tashrifi doirasida Buxoro shahridagi davlat xizmatlari markazi va IT Park ni borib koʻrdi.
IT Parkning Buxoro filialida oʻquvchilar, talabalar va frilanser dasturchilar oʻyinlar orqali axborot texnologiyalariga qiziqtiriladi, keyin oʻqitilib, loyihalar ishlab chiqishga oʻrgatiladi. Bu yerda yosh havaskorlar, robototexniklar, veb dizaynerlar, professional dasturchilar yigʻilgan.
– Buxoro azaldan ilm-fan markazi boʻlgan. Bugun ham bilimli, intiluvchan yoshlar koʻp. Buxoroning IT sohasi boʻyicha brendini yaratish kerak. Buning uchun barcha narsa – sharoit, resurs, intellekt bor, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident shuningdek dolzarb iqtisodiy-ijtimoiy masalalar boʻyicha yosh dasturchilarga buyurtma berish, mablagʻ, energiya resurslari va vaqtni tejovchi dasturiy mahsulotlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Ayni damda Bukhara City majmuasida IT Park uchun yangi 9 va 12 qavatli zamonaviy binolar qurilmoqda. Majmuada kovorking markazi, ofislar, mehmonxona, restoran va sport zallari boʻladi. U yerda 700 dan ziyod ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala