Oʻzbekistonda gidroenergetika sohasida yirik forum oʻtkaziladi

© Sputnik / A. Goryachev / Fotobankka oʻtishGolovnoye soorujeniye Farxadskoy gidroelektrostantsii (GES).
Golovnoye soorujeniye Farxadskoy gidroelektrostantsii (GES). - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mazkur yirik kongress uchun 150 dan ortiq kompaniyalar hamda 20 dan ortiq davlatlar vakillarining ishtiroki koʻzda tutilgan.
TOSHKENT, 22 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda 17-18 fevral kunlari Gidroenergetika sohasidagi yirik forum va koʻrgazma boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Ministr energetiki Uzbekistana Alisher Sultanov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Alisher Sultonov AESning yangi bloklari, Markaziy Osiyo birdamligi va gidroenergetika haqida
Mazkur yirik kongress uchun 150 dan ortiq kompaniyalar hamda 20 dan ortiq davlatlar vakillarining ishtiroki koʻzda tutilgan.
Mazkur yirik gidroenergetika forumi va koʻrgazmasi Yevropa, Lotin Amerekasi, Buyuk Britaniya, Eron, Gruziya va MDH davlatlari hamkorligida energetika sohasini rivojlantirish hamda xalqaro yirik tadbirlar, forum va koʻrgazmalarni oʻtkazishda yetakchi hisoblangan xalqaro "Vostock Capital" tashkiloti tomonidan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadi.
Oʻtgan yillarda mazkur yirik kongress Qirgʻiziston, Gruziya hamda Rossiya Federatsiyalarida tashkil etilgan. Joriy yil oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan yirik tadbir "Vostock Capital" hamda "Oʻzbekgidroenergo" AJ hamkorligida tashkil etilmoqda.
Forumdan oʻrin olgan asosiy maʼruzalar mamakatimizda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, joriy va kutilayotgan istiqbollarga bagʻishlanishi kutilmoqda.
Kongress doirasida asosiy 30 ta maʼruza oʻrin olgan boʻlib, soha mutaxassislari ishtirokida bir qator davra suhbatlari, seminarlar, brifinglar tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0