Iqtisod

Tovarlar narxlarini chet-el valyutalariga bogʻlash mumkin boʻldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, endilikda tovarlarning narxlari chet-el valyutalari va shartli birliklariga bogʻlanishi mumkin.
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. 22 yanvar kuni qabul qilingan qonun bilan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi qonunga qoʻshimchalar kiritildi.
Unga muvofiq, Oʻzbekistonda realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishi mumkin. Bu tartib faqat prezident qarorlari asosida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va Hukumat orqali jalb etilgan chet el investitsiyalari loyihalariga taalluqli. Bunga qadar mazkur tartib mavjud emas edi.
Kontsessiyalar bilan bogʻliq munosabatlar “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonunda oʻz aksini topmoqda.
Pokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
MB oʻtgan yili eng koʻp qimmatlashgan 6 ta oziq-ovqat mahsulotlarini maʼlum qildi
Kontsessiya loyihalarini roʻyobga chiqarish DXSH loyihalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Endilikda faqatgina qiymati 1 mln dollardan ortiq loyihalarining tender hujjatlari va DXSH toʻgʻrisidagi bitimlarning loyihalari kelishiladi.
Kiritilgan qoʻshimchalar bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari belgilandi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalariga oid maʼlumotlarning eʼlon qilinadigan qismi aniqlashtirildi.
Xususan, bunda rasmiy veb-saytlarga loyiha taraflari, faoliyat yoʻnalishi, joylashgan yeri, loyiha muddati va umumiy qiymati, tovarlar, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hajmi va turlariga oid maʼlumotlar joylanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala