Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Jizzaxda qulagan binoning qolgan qismi ham buzib tashlanmoqda

© Minstroy UzbekistanaV Djizake snosyat dom, chast kotorogo obrushilas
V Djizake snosyat dom, chast kotorogo obrushilas - Sputnik Oʻzbekiston
Binoning qolgan qismi ham talabga javob bermasligi va odamlar sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi mumkinligi inobatga olinib, tadbirkorning oʻz hisobidan buzib tashlanmoqda.
TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Jizzax shahrida yanvar boshida qulagan 6 qavatli binoning qolgan qismi buzib tashlanmoqda. Bu haqda Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Jizzaxda qulagan 6 qavatli binoning qolgan qismi ham talabga javob bermasligi hamda yaqin orada qulab, odamlar sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi mumkinligi inobatga olinib, tadbirkorning oʻz hisobidan buzib tashlanmoqda”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Bino 10 yanvar kuni qulab tushgan edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzilgan.
V Djizake obrushilas chast 6-etajnogo stroyaщegosya doma - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Jizzaxda yangi qurilayotgan koʻp qavatli uyning bir qismi qulab tushdi – hozir nimalar maʼlum
Komissiya zimmasiga 6 qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil boʻlgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgani, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha amaldagi normativ-meʼyoriy huquqiy hujjatlarni oʻrganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.
Bosh prokuratura Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi ochilganini maʼlum qildi. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala