Rossiya

YEOIIda qachon yagona valyuta paydo boʻladi?

© Sputnik / Vladislav Vodnev Flagi stran-uchastnits YEAES
Flagi stran-uchastnits YEAES - Sputnik Oʻzbekiston
Yevroosiyo taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov YEOIIda yagona valyuta joriy etish yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) davlatlari yagona valyutani joriy qilishdan avval bir qator shartlarni bajarish kerak boʻladi. Bu haqda  Yevroosiyo taraqqiyot banki va Yevroosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamgʻarmasi bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
2025 yilda YEOII integratsiyasining birinchi bosqichi yakunlanadi – Putin
Mutaxassis taʼkidlashicha, ilgari Yevroosiyo taraqqiyot banki ushbu yoʻnalishda qator ishlarni amalga oshirgan boʻlib, YEOII davlatlari yagona valyutasi mavzusini oʻrganib chiqqan.
"Biz quyidagi xulosaga keldik: hozirgi holat, va u saqlanib qolmoqda, hech narsa oʻzgarmadi, yagona valyuta – oʻziga xos “yevraz, oltin”ni joriy etish YAIMga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin", - dedi Vinokurov "Xalqaro hisob-kitoblarda YEOII milliy valyutalarining rolini oshirish" tahliliy hisobotining onlayn-taqdimotida.
Uning fikriga koʻra, uzoq muddatli istiqbolda, agar bir nechta shartlar bajarilsa, bu mavzuga qaytish mumkin. Ular orasida - ichki barqarorlik va savdo hajmining oshishi, oʻzaro investitsiyalarning koʻpayishi, valyuta bozorlarini tartibga solishni birlashtirish, pul-kredit siyosatida muvofiqlashtirilgan yondashuvlar.
"Agar YEOII doirasida taraqqiyotga erishilsa, unda yagona valyuta mavzusiga qaytish mumkin boʻladi. Menimcha, bu mavzu yaqin oʻn yillik kun tartibida boʻlmaydi", - deya xulosa qildi Vinokurov.
YEOII - 2015 yil 1 yanvardan beri faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma boʻlib, unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo.
YEOII hukumatlararo kengashining navbatdagi yigʻilishi 2021 yil 5 fevralda Olmaotada boʻlib oʻtadi. Unda YEOIIda yangi kuzatuvchi-davlat maqomini olgan Oʻzbekiston va Kuba ishtirok etishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala