Jamiyat

Fargʻona viloyati hokimi Senat qoʻmitasi tarkibidan chiqarildi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiXayrulla Bozorov — xokim Ferganskoy oblasti
Xayrulla Bozorov — xokim Ferganskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Senatning Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi aʼzoligidan chiqarildi.
TOSHKENT, 28 yanv - Sputnik. Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarildi, deb xabar qilmoqda OʻzA. 
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarori qabul qilindi.
Unga asosan  Xayrulla Xayitbayevich Bozarov Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarildi", - deyilgan xabarda. 
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning 25 sentyabr kuni Xayrulla Bozorov prezident farmoniga asosan Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan edi. Bunga qadar X.Bozorov Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan edi. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala