Analitika

Bu yerda hech qanday siyosiy oʻyin yoʻq - ekspert prezident saylovini koʻchirish haqida

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Fotobankka oʻtishZaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin
Zaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda global yoʻnalish oʻzgarishi yoki milliy rahbar oʻzgarishini kutish kerak emas - amaldagi hukumat aholi orasida ishonch qozongan.
TOSHKENT, 28 yanv - Sputnik.  Shu kunlarda Oliy Majlisda 2021 yil oxirida boʻlib oʻtadigan prezident saylovini dekabr oyidan oktyabr oyiga koʻchirish masalasi muhokama qilinmoqda. MDHning Markaziy Osiyo instituti boʻlimi rahbari Andrey Grozin aytishiga qaraganda, ushbu qadam biror yashirin siyosiy sabab tufayli emas, obʼyektiv pragmatik maqsadda amalga oshirilmoqda.
“Bu yerda hech qanday yashirin siyosiy oʻyin yoʻq. Hozir dunyoda murakkab iqtisodiy sharoit hukm surmoqda. Undan tashqari pandemiya bilan bogʻliq vaziyat ham goh oʻsib goh kamayib bormoqda. Barcha mamlakatlarda ijtimoiy tanglik oshib bormoqda, Oʻzbekiston ham bundan mustasno emas. Lekin bu yerda barcha muammolar jamoat muhokamasi darajasiga olib chiqilmoqda. Oʻzbekistonliklar hozircha Shavkat Mirziyoyev  olib borayotgan qayta isloh qilish siyosatiga xayrixohlik bildirishmoqda”, - deydi ekspert.
Andrey Grozin aytishiga koʻra, Oʻzbekistonning amaldagi hukumati aholi orasida ishonch qozongan va prezident saylovini bir necha oy oldinga koʻchirish – hech qanday siyosiy maʼnoga ega emas.
Rossiyalik ekspert xulosasiga koʻra, Oʻzbekistonda global miqyosda yoʻnalish oʻzgarishi yoki milliy rahbar oʻzgarishini kutish kerak emas. Respublika global murakkab sharoitlarda ham toʻxtovsiz rivojlanishda davom etmoqda.
Andrey Grozin xulosasi bilan batafsil podkastimizda tanishing.
V planax perenesti vыborы prezidenta Uzbekistana net konspirologii— Grozin
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala