Samarqandda birinchi turistik bekat ish boshladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPervaya turisticheskaya stantsiya v Samarkande
Pervaya turisticheskaya stantsiya v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm bekatida nafaqat axborot olish balkim Samarqand va boshqa shaharlarga tashkillashtirilgan ekskursiyalarni xarid qilish mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 28 yanv - Sputnik. Samarqand shahridagi temiryoʻl vokzalida birinchi turizm bekati tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPervaya turisticheskaya stantsiya v Samarkande
Pervaya turisticheskaya stantsiya v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Turistik bekatda axborot markazi tashkil etiladi va u yerda barcha ekskursiyalar narxi, vaqti, samolyot va poyezdlar jadvali haqida maʼlumotlar boʻladi.
Eng asosiysi, ushbu nuqtadan nafaqat Samarqand viloyatining barcha diqqatga sazovor joylariga, balkim boshqa shaharlarga ham sayyohatga chiqish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Tashkillashtirilgan mikroavtobuslar sayyohlarni Oʻzbekistonning boshqa shaharlariga olib borib qoʻyishi yoki olib borib qaytib olib kelishi mumkin boʻladi. 
Bekatlarda turistik sinfga mansub avtobuslar, mikroavtobus va yengil avtomashinalar doimiy jalb etiladi hamda belgilangan grafik asosida harakatlanadi.
Keyingi bosqichda turim bekatlari Amir Temur maqbarasi va Ulugʻbek rasadxonasi hududida ham turizm bekatlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu loyihani Respublikamizning barcha hududlarida ommalashtirib yaxlit bir tizim shakllantirish maqsad qilingan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPervaya turisticheskaya stantsiya v Samarkande
Pervaya turisticheskaya stantsiya v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala