Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

"Qadr-qimmat bilan oʻlishga" huquq: YEIning yana bir mamlakati evtanaziyaga ruxsat beradi

© REUTERS / Marko DjuricaPatsiyent na bolnichnoy koyke
Patsiyent na bolnichnoy koyke - Sputnik Oʻzbekiston
Bu nima - insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki suʼiqasdga yordamlashish? Ushbu "jarayonni" amalga oshiradigan shifokorlar koʻnglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi? Bu tibbiyot yordamida hayotdan ixtiyoriy tarzda ketishni istagan inson haqida eng keng tarqalgan savollardir

Muallif: Svetlana Xolodnova, Sputnik radiosi

Chidab boʻlmas azoblar va kasallikning terminal bosqichlari – evtanaziya jarayoniga ruxsat berilgan aksariyat davlatlarda asosiy sabablar xuddi shulardan iborat. Masalaning axloq va diniy jihatlari borasidagi bahslar tinmayotgan boʻlsada, ammo bemor oʻlish huquqini tanlashga haqliligini tobora koʻproq davlatlar tan olmoqda.
Devushka v pole - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Niderlandiyada jinsiy zoʻrovonlik qurboni boʻlgan qiz evtanaziya qilindi
Bu nima - insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki suʼiqasdga yordamlashish? Ushbu "jarayonni" amalga oshiradigan shifokorlar koʻnglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi? Bu tibbiyot yordamida hayotdan ixtiyoriy tarzda ketishni istagan inson haqida eng keng tarqalgan savollardan boʻlsa kerak.
Rossiya azoblardan qutulishning bunday usulini qonuniylashtirishga tayyor emas (va tez orada tayyor boʻlishi ham dargumon), ammo, Yevropa ittifoqida oʻlishga boʻlgan huquq yana bir mamlakatda tan olinishi mumkin.
Portugaliya parlamenti evtanaziyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunloyihasini maʼqulladi. Endilikda hujjat kuchga kirishi uchun u prezident tomonidan maʼqullanishi lozim. Hujjatda insonga "hayotni toʻxtatishda yordam berish mumkin boʻlgan" aniq shartlar bulgilangan: xususan, (oʻlim bilan tugaydigan kasalliklarning oxirgi bosqichlari va chidab boʻlmas azob-uqubatlar shular jumlasidan), uni qanday va qayerda oʻtkazish mumkinligi, qancha va qanday shifokorlar bemor holatiga baho berishlari mumkinligi.
Ottava, Kanada - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kanadada evtanaziyaga rasman ruxsat berildi
Shu tariqa, Portugaliya yaqin ikki yilda evtanaziyaga ruxsat berilgan Yevropa Ittifoqining beshinchi mamlakati boʻlishi mumkin. Hozirda evtanaziyaga Niderlandlarda, Belgiyada, Lyuksemburgda va Germaniyada ruxsat berilgan.
Shveytsariyaning Tsyurixida jarayon 1941 yildan oʻtkazib kelinadi. Boshqa mintaqalar va qitʼalarga keladigan boʻlsak, azob chekayotgan insonlarga bu dunyoni qachon tarq etish borasida tanlash huquqini beradigan davlatlar unchalik koʻp emas: bu Yangi Zelandiya, Kanada, Kolumbiya va Avstraliya. AQShda evtanaziya faqatgina sakkizta shtatlarda qonuniylashtirilgan. Isroil, Shvetsiya va Meksikada faqatgina muayyan holatlarda ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala