Jamiyat

Fanlardan oʻz vaqtida baho olmagan talabalar uchinchi semestr uchun qoʻshimcha mablagʻ toʻlaydi

CC0 / Unsplash / Dollar Gill / Student za chteniyem knigi
Student za chteniyem knigi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Oʻqish davomida fanlardan oʻz vaqtida baho olmagan talabalar uchun uchinchi (yozgi) semestr tashkil etiladi. Unda qatnashadigan talabalar qoʻshimcha mablagʻ toʻlashlari kerak boʻladi.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻquv yili davomida fanlardan oʻz vaqtida baho olmagan talabalar uchun pulli qoʻshimcha semestr tashkil etiladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xolikov AOKAdagi brifingda maʼlum qildi.
Obrazovatelnaya aktsiya Donetskiy diktant - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.01.2021
Jamiyat
OTMlar haftalik oʻquv kunlarini mustaqil belgilaydi
Uning soʻzlariga koʻra,OTMlarda taʼlim jarayonini kredit-modul tizimida tashkil etish ishlari 2020-21-oʻquv yilidan joriy etib kelinyapti.
“Asosiy oʻzgarishlar — ilgari oʻquv haftalari 38-40 hafta atrofida boʻlardi. Kredit-modul tizimi joriy etilgach, bu muddat 36 haftaga tushdi. Soddaroq qilib aytganda, akademik dars jarayonlari 10 oydan 7,5-8 oyga tushirildi”, - dedi u.
Talaba bir semestrda 15 hafta tahsil oladi. Agar bir semestrga 18 hafta ajratilgan boʻlsa, uning ikki haftasi talabalar uchun oʻzlashtirilmagan fanlarini oʻzlashtirishga, yana bir haftasi yangi fanlar hamda oʻqituvchilarni tanlashga sarflanadi.
“Yana bir muhim jihati — uchinchi, yozgi semestr ham qoʻshilgan. Bu — taʼtil davriga toʻgʻri keladi va talabalarning arizasiga koʻra, fanlardan baho olmaganlar uchun tashkil etiladi. Uchinchi semestr uchun ariza bergan talabalar belgilangan tartibda qoʻshimcha mablagʻni amalga oshiradi”, - deya taʼkidladi Xolikov
U hozircha bu tizim boʻyicha savollar boʻlayotgani, ammo uch yildan soʻng barcha bu tizimga toʻliq moslashishini qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala