Kolumnistlar

Boshqa davlat muxolifatchilari AQSH tashqi siyosatining ustuniga aylanishi kerak

© AFP / BRENDAN SMIALOWSKIFlag SSHA
Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
NYT eksperti xulosasiga koʻra, AQSH tashqi siyosati boshqa davlatlardagi norozi va muxolifatchilarga asoslangan boʻlishi kerak.
Amerika tashqi siyosati uchun yangi doktrina kerak. AQSH yangi davlat kotibi Entoni Blinken uchun ana shunday doktrinani The New York Times tahlilchisi Bret Stivens taklif qildi.
Dunyoda
AQSH Mudofaa vaziri Suriya muxolifat kuchlari uchun 350 million $ ajratishni soʻrayapti
Uning xulosasiga koʻra, boshqa davlatlardagi dissidentlar AQSH tashqi siyosatining ustuniga aylanishi kerak. Bu uslubdan ayniqsa harbiy kuch yoʻli bilan yengish qiyin boʻlgan Rossiya, Xitoy va Eron kabi kuchli davlatlar hukumatlarini toʻntarish uchun foydalanish kerak. Ularning ichki “islohotchi kuchlari” yordamida amerikaga xos demokratiya oʻrnatilishini kutib oʻtirish befoyda, deb yozadi ushbu “genial” gʻoya muallifi.
Shu sababli Rossiya, Xitoy va Eron hukumatlari bilan tuziladigan barcha shartnomalardan oldin ularning ichki muxolifatchilarni ozod qilishni talab qilish kerak. Ana shundagina ushbu kelishuvlar AQSH uchun foydali boʻladi, deb hisoblaydi Stivens.
Bularning barchasi nima uchun kerak degan savolga, ekspert Navalniydan boshlab ushbu 3 davlatdagi barcha muxolifatchilarni sanab oʻtgan.
Maqsad odatiy – AQShga nomaqbul boʻlgan hozirgi hukumatlarni toʻntarib Amerikaga xayrixoh boʻlgan ushbu ichki muxolifatchilarni hukumat boshiga olib kelish.
AQSH doktrinasining asl niyatini oshkora aytgani uchun muallifga minnatdorlik bildiramiz, va Uni AQShning Donald Tramp davridagi doktrinasi bilan solishtirishga harakat qilamiz.
Brifing prezidenta SSHA Donalda Trampa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2020
Dunyoda
Tramp AQSH va Xitoy iqtisodiyotini "ajratib yuborish"ni istisno qilmadi
Oʻz aybini yashirish uchun oʻzgalarni yomonlash – insoniyat tarixida juda koʻp marotaba qoʻllanilgan uslub. 
Oq Uy sobiq maʼmuriyati 4 yil davomida faqat bir narsani taʼkidlab keldi: Amerikaning eng katta dushmani, bu - Xitoy. Xitoy kompaniyalariga qarshi  ulkan sanktsiyalar kiritildi, ular Amerika bozoridan deyarli quvildi, Yevropada ham bosim ostida 5G texnologiyalarni tadbiq etish taʼqiqlab qoʻyildi. Koronavirus epidemiyasida ham Xitoyni ayblab, prezident Trampdan boshlab dunyodagi barcha AQShga xayrihox boʻlgan OAVlarda uni - “Xitoy virusi” deb atashdi.
Xullas, sobiq maʼmuriyat oddiy amerikaliklar koʻz oldida Xitoyni kommunizm va totalitar rejim hukm surayotgan allaqanday “yovuz maxluqqa” aylantirishga harakat qilishdi.
Sobiq  davlat kotibi Maykl Pompeo muddatining soʻnggi haftasida Xitoyga qarshi qaratilgan 30 ta tvit yozgan. Prezident Trampning Tvitterini yopib qoʻyishmaganda balkim bundan ham koʻp yozgan boʻlardi...
Nima boʻlganda ham, ular rejalashtirgan barcha aksil-xitoy tadbirlarini amalga oshirishga ulgurishmadi. AQShning Yevropadaga asl maqsadi esa – Xitoy kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan 5G texnologiyalarining tarqalishini oldini olish va umuman Xitoy bilan hamkorlik miqdorini kamaytirish edi. Lekin bu ishlar amalga oshmadi. Maykl Pompeoning Yevropaga tashrifi bekor qilindi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra yevropaliklar tashabbusi bilan.
Kongress SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2020
Dunyoda
AQSH senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanktsiya toʻgʻrisida qonun loyihasi kiritildi
Natijada YEI va XXR 30 dekabr kuni boʻlajak sarmoyalar toʻrisida bitim imzoladi. 2020 yil yakunlariga koʻra  YEI va XXR orasida savdo aylanmasi 620 milliard dollarni tashkil qilgani va bu oʻtgan yilga nisbatan 4,7 %ga koʻp ekani maʼlum boʻldi. bu esa Xitoyni Yevropaning tashqi savdo hamkorlari orasida birinchi oʻringa chiqardi. Bunga hatto pandemiya ham xalal bera olmadi. Kimdir jon-jahdi bilan barbod qilmoqchi boʻlgan Xitoy iqtisodi esa ogʻir kelgan 2020 yil yakunida 2,3 %ga oʻsish qayd etdi.
Bu jangda AQSH yutqazdi. Birovni qoralash bilan oʻz kamchiligini yashirib boʻlmaslik yana bir bor tasdigʻini topdi.
Xoʻsh, AQSH yangi maʼmuriyati doktrinasi Tramp davridagi doktrinadan qanchalik farq qiladi?
Asli farqi uncha katta emas. Ikkala doktrinaning ham maqsadi bir xil – AQShga maʼqul boʻlmagan hukumatlarni ichki muxolifat kuchlariga tayangan holda yoʻq qilish. Buning uchun kimgadir qaratilgan nafrat, yolgʻon xabarlar tarqatish kerak. Xullas  - hammasi odatdagidek.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala