Video

Tojikistonda 10 oy oʻtib masjidlar yana ochildi - video

Tojikistonda koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan masjidlar 10 oy oʻtib yana oʻz eshiklari namozxonlar uchun ochdi.
Tojikistonda 1 fevral kuni barcha masjidlar ochildi. Koronavirus sabab ular 10 oy oldin yopilgan edi.
Endi namozni jamoat bilan oʻqimoqchi boʻlganlar masjidga kelib, ibodatni ado etishlari mumkin. Masjidga kirishda barchaning harorati oʻlchanmoqda va niqobda boʻlish shartligi eslatilmoqda. Bundan tashqari, qoʻllarni dezinfektsiya qilish taklif qilinmoqda.
Tadjikistan pobedil COVID-19 - YouTube - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2021
Video
Tojikiston tojdor virusning tojini qanday batamom “sindirdi” – video
Masjid ichida ham ijtimoiy masofaga rioya qilish shart va zarur. Odamlardan qoʻl berish soʻrashishdan tiyilish soʻralmoqda.
Hukumat agar barcha zaruriy choralarga rioya qilinmasa, masjidlar yana yopilishi haqida ogohlantirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Tojikiston mamlakat COVID-19 ustidan gʻalaba qozonganini rasman eʼlon qilgan. Shunga qaramasdan aholidan beparvo boʻlmasdan barcha sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishni kanda qilmaslik soʻralgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala