Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Mirziyoyev Rishtondagi kulolchilik markazini koʻzdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Mejdunarodnыy tsentr keramiki, postroyennыy v Rishtanskom rayone
Shavkat Mirziyoyev posetil Mejdunarodnыy tsentr keramiki, postroyennыy v Rishtanskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rishton tumanida qurilgan Xalqaro kulolchilik markazini borib koʻrdi.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rishton tumanida qurilgan Xalqaro kulolchilik markazini borib koʻrdi.
Davlat rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi farmonidan keyin hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlar uchun keng imkoniyatlar yaratila boshlandi. Mazkur farmonga muvofiq, oʻtgan yillarda Qoʻqon va Margʻilon shaharlarida hunarmandchilik markazlari qurilgan edi. Rishtondagisi mashhur kulolchilik yoʻnalishida boʻldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Mejdunarodnыy tsentr keramiki, postroyennыy v Rishtanskom rayone
Shavkat Mirziyoyev posetil Mejdunarodnыy tsentr keramiki, postroyennыy v Rishtanskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Bu yerda 20 ta ikki qavatli kulollar xonadoni, Rishton tarixi muzeyi, bank xizmatlari markazi bunyod etilgan. Uylarning birinchi qavatida ustaxona va savdo doʻkoni joylashgan, ikkinchi qavatda hunarmandlar oilasi yashaydi.
Xonadonlarda 6 oʻrinli mehmonxona ham mavjud. Chet ellik sayyohlar bu yerda yashab, kulollarning ishi bilan tanishishi mumkin.
Markaz foydalanishga topshirilishi bilan 250 ga yaqin ish oʻrni yaratildi. Kulolchilik mahsulotlari Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Mejdunarodnыy tsentr keramiki, postroyennыy v Rishtanskom rayone
Shavkat Mirziyoyev posetil Mejdunarodnыy tsentr keramiki, postroyennыy v Rishtanskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Davlat rahbari Oʻzbekiston xalq ustasi Alisher Nazirov ustaxonasida boʻldi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan kulolchilik buyumlarini koʻzdan kechirdi.
"Bu idishlarda mehnat bilan, yurak bilan birga tarix ham bor. Hamma yoʻnalishlarda milliy anʼanalarimizni tiklayapmiz. Sopol buyumlarni ham yana ommalashtirib, har bir xonadonga kiritish kerak. Ularni chet elliklar juda qadrlaydi. Chunki chiroyli, sifatli, ekologik toza. Yurtimizdagi har bir uyda mana shunday idishlar boʻlsa, ham milliy iftixor, ham maʼnaviyat boʻladi," - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident taniqli kulollar Muzaffar Saidov va Sharofiddin Yusupov xonadoniga ham kirib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.
Kulollarga aylanma mablagʻ va imtiyozlar berish, boshqa hududlarda doʻkonlar ochishiga koʻmaklashish, mamlakatning xorijdagi elchixonalarida koʻrgazma-savdo rastalari tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Xalqaro kulolchilik markazida “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi, oʻquv markazi ham joylashgan.
Qurilish jarayonida shu yerdagi Xoʻja Rushnoiy maqbarasi obod qilingan edi. Davlat rahbari ushbu maqbarani ham ziyorat qildi.
Shu yerda viloyatda “mahallabay” tizimi asosida yoshlar va ayollarni ish bilan taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev oʻz uyida tikuvchilik tsexi ochib, mahalla xotin-qizlarini ish bilan taʼminlagan uchkoʻpriklik ayollar bilan muloqot qildi. Ular faoliyatini kengaytirishi uchun logistikaga qulay joyda zamonaviy kompleks qurib berish boʻyicha mutasaddilarga vazifa qoʻydi.
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala