https://oz.sputniknews-uz.com/20210204/Ozbekistonga-ancha-AstraZeneca-vaktsinasi-tadim-etiladi-15931740.html
Oʻzbekistonga qancha AstraZeneca vaktsinasi olib kelinadi?
Oʻzbekistonga qancha AstraZeneca vaktsinasi olib kelinadi?
Oʻzbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2,6 mln doza AstraZeneca vaktsinasini oladi. Vaktsinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil... 04.02.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-02-04T12:49+0500
2021-02-04T12:49+0500
2021-02-04T12:49+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/1d/15891196_0:310:3071:2047_1920x0_80_0_0_46195c85cc8171ce5c4689f20151f25a.jpg
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi AstraZeneca vaktsinasini oladi, deb xabar qildi YUNISEF.COVAX dasturida 18 ta davlat: Butan, Boliviya, Bosniya va Gertsegovina, Kabo-Verde, Kolumbiya, Salvador, Gruziya, Maldiv orollari, Moldova, Moʻgʻuliston, Peru, Filippin, Koreya Respublikasi, Ruanda, Janubiy Afrika, Tunis, Ukraina, Iordan daryosining gʻarbiy sohili va Gʻazo sektori - birinchi boʻlib 1,2 million doza Pfizer/Biontech vaktsinasini oladi.Vaktsinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.Eslatib oʻtamiz, hozirgi paytda Oʻzbekiston Rossiya COVID-19 vaktsinasini ishlab chiqaruvchisi bilan “Sputnik V” preparatini sotib olish boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq, SES rahbari Adham Baxromov respublikaga 100 ming doza vaktsina olib kelish masalasi koʻrib chiqilayotganligini aytgandi.Oʻz navbatida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev taʼkidlashicha, ayni paytda Oʻzbekiston tomoni “Sputnik V” vaktsinasini tezkor sertifikatlash ustida ish olib bormoqda va uni mamlakatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, "Sputnik V" vaktsinasini import qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, emlashga tayyorgarlik koʻrish va tibbiyot xodimlarini oʻrgatish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Hujjat keyinchalik imzolash uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborildi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210204/Rossiya-vaktsinasi-arbni-ayratga-soldi---Welt-15930377.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/1d/15891196_0:116:3071:2047_1920x0_80_0_0_08e3314f818d45ef90bbfc06c2f52374.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi
Oʻzbekistonga qancha AstraZeneca vaktsinasi olib kelinadi?
Oʻzbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2,6 mln doza AstraZeneca vaktsinasini oladi. Vaktsinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi AstraZeneca vaktsinasini oladi, deb xabar qildi
YUNISEF.
Respublika 2,6 mln doza AstraZeneca/Oxford vaktsinasini oladi.
COVAX dasturida 18 ta davlat: Butan, Boliviya, Bosniya va Gertsegovina, Kabo-Verde, Kolumbiya, Salvador, Gruziya, Maldiv orollari, Moldova, Moʻgʻuliston, Peru, Filippin, Koreya Respublikasi, Ruanda, Janubiy Afrika, Tunis, Ukraina, Iordan daryosining gʻarbiy sohili va Gʻazo sektori - birinchi boʻlib 1,2 million doza Pfizer/Biontech vaktsinasini oladi.
Vaktsinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi paytda Oʻzbekiston Rossiya COVID-19 vaktsinasini ishlab chiqaruvchisi bilan “Sputnik V” preparatini sotib olish boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq, SES rahbari Adham Baxromov respublikaga 100 ming doza vaktsina olib kelish masalasi koʻrib chiqilayotganligini aytgandi.
Oʻz navbatida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev taʼkidlashicha, ayni paytda Oʻzbekiston tomoni “Sputnik V” vaktsinasini tezkor sertifikatlash ustida ish olib bormoqda va uni mamlakatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, "Sputnik V" vaktsinasini import qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, emlashga tayyorgarlik koʻrish va tibbiyot xodimlarini oʻrgatish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Hujjat keyinchalik imzolash uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborildi.