Rossiya

YEOII: Qirgʻiziston migrantlar uchun chegaralarni ochishni taklif qildi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Fotobankka oʻtishOcheredi migrantov v UFMS
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Qirgʻiziston bosh vaziri Ulukbek Maripov YEOII yigʻilishida chegaralarni ochishni taklif qildi. Uning soʻzlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi tufayli migrantlar noqulay vaziyatga tushib qoldi.
TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri Ulukbek Maripov YEOII yigʻilishida chegaralarni ochishni taklif qildi.
"Hozirgi vaqtda korxonalarni zarur miqdordagi ishchilar bilan taʼminlash, migrantlarni oʻz ish joylariga qaytarish uchun cheklovni bosqichma-bosqich olib tashlash va mamlakatlarimiz oʻrtasida parvozlar sonini koʻpaytirish masalasi dolzarb boʻlib turibdi", - dedi u.
Maripov oʻz nutqida koronavirus pandemiyasi tufayli mehnat migrantlari noqulay vaziyatga tushib qoldi, deb taʼkidladi.
Shuningdek, Qirgʻiziston vakili hamkasblarini uyushma doirasida faol ish olib borishga tayyorligiga ishontirdi.
Flagi Kыrgыzstana i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Siyosat
Abdulla Aripov Qirgʻiziston prezidentini Oʻzbekistonga taklif etdi
Shuningdek, YEOII doirasida va uchinchi davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik sohasida oʻzaro aloqalarni kengaytirish mavzusiga toʻxtalib oʻtdi.
"Aynan shu yoʻnalishni amalga oshirish - ittifoqning yirik Yevroosiyo sherikchilik markazi sifatida barcha imkoniyatlarini ochib beradi, deb hisoblaymiz", - dedi Maripov.
Qozogʻiston megapolisida boʻlib oʻtayotgan YEOII hukumat rahbarlarining yigʻilishi bu yilgi birinchi uchrashuvdir. Unda Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya bosh vazirlari, shuningdek kuzatuvchi davlat - Oʻzbekiston ham ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala