Hodisalar

Shofirkonda ichimlik suvi tarmoqlari rekonstruktsiyasi bahonasida millionlar oʻmarildi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Fotobankka oʻtishRekonstruktsii vodoprovoda
Rekonstruktsii vodoprovoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
MCHJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 254,4 mln soʻm byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishgan.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Buxoro viloyati Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruktsiya qilishdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Hodisalar
Samarqand viloyatida maktab va suv chiqarish qurilishi bahonasida 872 mln soʻm oʻmarildi
Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish ishlari boʻyicha nazorat oʻlchovi oʻtkazilgan. Unda “E.” MCHJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 254,4 mln soʻm byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishgani aniqlangan. Shuningdek, suv taʼminoti va oqava suv obʼyektlari qurilishi boʻyicha Ijiniring kompaniyasi DUK Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan ushbu jamiyatga 254,4 mln soʻm byudjet mablagʻi oʻtkazib berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi)bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala