Rossiya

Oʻzgaga choh qazima: AQSH oʻz sanktsiyalari tufayli dollarni mavqeidan mahrum qilishi mumkin

CC0 / Intellectual / PixabaySjiganiye dolllara SSHA
Sjiganiye dolllara SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
AQSH sayyorani sanktsiyalar bilan oʻrab tashladi. U sanktsiyalarga shunday qiziqib ketdiki, bu bilan oʻz valyutasining ustuvorlik mavqeiga putur yetkazishi mumkin.
TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Vashington sanktsiyalarga shunday qiziqib ketdiki, oʻz valyutasining ustuvorlik mavqeiga putur yetkazishishi mumkin. Kongressda bunga eʼtibor qaratishdi. Dunyo faol ravishda dollarga tobelikni susaytirmoqda. Hisob-kitoblarning muqobil pul birliklariga oʻtishi Amerika iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Flagi stran-uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2020
Iqtisod
SHHT dollardan voz kechishga jiddiy kirishdi

Dunyo zolimi

AQSH sayyorani sanktsiyalar bilan oʻrab tashladi – hozir boshqa mamlakatlarga qarshi sakkiz ming atrofida iqtisodiy cheklovlar amal qilmoqda, roʻyxat esa muntazam toʻldirib borilmoqda. Vashington oʻz shartlarini  xohlagan kishi bajartirish mumkin, zero dollar – dunyo iqtisodiyotining asosiy valyutasi.
Amerika pul birligiga tranzaktsiyalarning 70 foizdan ortigʻi toʻgʻri keladi. Dollar erkin sotilib, konversiya qilinmoqda. Hukumat buni hech qanday tartib solmayapti, boz ustiga Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyoti avvalgidek dunyodagi barqaror, shaffof va eng yirigi sanaladi.
Dollarы SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2020
Analitika
Dollar uchun gilotina qayerda tayyorlanmoqda va u qachon ishga tushadi
Bu Oq uyga jismoniy shaxslar va amerika kompaniyalariga Vashingtonga xush kelmaganlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri biznes yuritishni taqiqlash va bozorning boshqa ishtirokchilariga eksterritorial sanktsiyalar bilan tahdid qilishiga imkon beradi.

Qaytarilgan javob

Ammo bu uzluksiz davom etishi mumkin emas. Dunyoning dollarga boʻlgan tobelikni susaytirish uchun barcha zaruriy vositalari bor, deya taʼkidladi AQSH Kongressi tadqiqot xizmati yaqinda chop qilgan hujjatida.
Hujjatda sanktsiyalar AQShning oʻzi uchun iqtisodiy chiqim boʻlib qaytishi taʼkidlangan, chunki amerikalik jismoniy shaxslar va kompaniyalar ishtirok etishi mumkin boʻlgan tijoriy bitimni cheklaydi. Qolaversa, tahqirlangan davlatlar tomonidan javob bildirilishi istisno qilinmagan. Misol tariqasida Rossiyaning qishloq xoʻjaliklari mahsulotlariga qoʻygan taqiqi keltirilgan.
Mualliflarning yozishicha, amerika valyutasi koʻp oʻn yillar davomida xalqaro iqtisodiy tranzaktsiyalarda keng ishlatiladi. Bu AQShga foydali. Bundan tashqari, Oq uy tashqi siyosiy maqsadlariga erishish uchun koʻpincha dollarga ishonadi. Xususan, Rossiya, Eron va Venesuelaning moliya bozorlariga kirishidagi qiyinchilik uchun.

Xitoycha variant

Bu mamlakatlarning muqobil valyuta hisob-kitoblariga oʻtishi oxir-oqibat Amerika iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatadi va dollar mavqeiga putur yetkazadi, deyilgan hujjatda. Mundoq olib qaraganda, bu allaqachon roʻy bermoqda.
Soʻnggi yillarda yuan dollar mavqeini muntazam zaiflashtirib kelmoqda. 2016 yildan boshlab Xitoy pul birligi XVJning zaxira valyutasi. Rivojlanib borayotgan mamlakat ilk bor bunday sharafga muyassar boʻldi. Keyin Pekin Shanxay savdo birjasida neft fyucherslariga yuanni yoʻlga qoʻydi – “Bir makon, bir yoʻl” keng integratsion loyihasi doirasida.
Amerikanskiy dlllar i yuan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2020
Kolumnistlar
Rossiya va Xitoy dollardan yuz oʻgirmoqda
Shunga qaramasdan dunyo tranzaktsiyalarida yuanning hissasi avvalgidek uncha katta emas. Ekspansiya uchun toʻsiqlar ravshan – erkin konvertatsiya yoʻq, beqarorlik, ham davlat, ham xususiy qarzda moliyaviy tizimning shaffof emasligi.
Biroq raqamli yuan paydo boʻldi. Aksariyat iqtisodchilar davlat kriptovalyutasi dollar bilan raqobat qilishga qodir degan fikrda, chunki eskirayotgan SWIFT va CHIPS (aynan ular orqali amerikaliklar xalqaro tranzaktsiyalarni nazorat qilishadi) qaraganda savdo-sotiqni tezkor oʻtkazishga imkon beradi. Kriptoyuan “Bir makon, bir yoʻq” loyihasida ham qoʻl keladi. Raqamli valyutadagi oʻzaro hisob-kitob Vashington sanktsiyalaridan himoyalaydi.

Dollardan yuz oʻgirish

Rossiyaga toʻxtaladigan boʻlsak, 2019 yilda BRIKS mamlakatlari bilan dollarli tranzaktsiyalar 73 foizdan 49 foizgacha qisqardi. Avvalo yevro (23 foiz) tufayli. Rubl hissasi ham oshdi: 8 foizdan 14 foizgacha. Ustiga ustak Hindiston bilan – Moskvaning BRIKSdagi Xitoydan keyingi ikkichi hamkori – bu koʻrsatgich 50 foizdan oshib ketdi.
Xitoy bilan hisob-kitoblar milliy pul birliklarida – 25 foiz, yetti yil ichida oʻn karra oshdi. Bu mahalliy iqtisodiyotni dollardan voz kechishi va sanktsiyalarga boʻlgan barqarorlikni oshirish strategiyasining bir qismi.
Kupyura yevro - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Analitika
Jonga tegdi: Yevropa Ittifoqi dollardan voz kechmoqda
Moskva va Pekin asta-sekin dollarni ikki tomonlama savdodan chiqarib tashlamoqda. 2014 yilda tomonlar 150 milliardlik (24,5 milliard dollar) uch yillik svop-bitim imzolashdi. 2015 yilda deyarli barcha savdo-sotiq dollarda boʻlgan. 2019 yilga kelib esa yarmi, xolos.
Oʻxshash vaziyat yevrozona bilan: 2019 yilda yevro birinchi marta dollardan oʻzib ketdi (44  foiz, dollar esa 38). Bu umumiy tendentsiya va Amerikaning eksterritorial sanktsiyalariga qarshilik koʻrsatayotgan Yevropa ittifoqining xizmati.

Tizim oʻzgarmoqda

2019 yilda Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya INSTEX tizimini yaratishdi. “Yevropa iqtisodiy oʻyinchilari va Eron oʻrtasida qonuniy tijoriy tranzaktsiyalarni soddalashtirishga” qaratilgan maxsus mexanizm. Keyinchalik unga Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya qoʻshildi.
Aslini olganda, bu Yevropa mamlakatlariga AQSH moliya tizimidan xalos boʻlib, shu tariqa Vashingtonning javob reaktsiyasini qoʻzgʻatmay, Tehron bilan savdo qilishiga imkoniyat yaratadi.
Kitayskiye banknotы nominalom v 100, 50, 20,10 i 5 yuaney. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2020
Analitika
Xitoy dollarga muqobil suveren kibervalyuta kiritish arafasida turibdi
Dollarga bogʻliklikni kamaytirish uchun yevrokomissiya dastlabki rejani hozirlagan. Turli tovarlarni yetkazib berish shartnomasiga yevroni ilgari surish hamda  qayta koʻrib chiqish va zarur vaqtda asosiy moliyaviy moʻljal bilan bogʻliq normalarni oʻzgartirish. Bundan tashqari, tartibga soluvchilarga Yevropa kompaniyalarining chet el firmalari tomonidan yutib yuborilishini bloklash huquqi beriladi.
Ommaboplik boʻyicha ikkinchi valyuta, yevro, dollarni siqib chiqarishda davom etmoqda. Jahon banki prognozlariga koʻra, natijada Amerika pul birligi dunyo moliyaviy tizimida maxsus maqomidan mahrum boʻladi. Uning oʻrnini yevro, dollar, katta ehtimol bilan, yuan tizimi egallaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala