Jamiyat

Toshkentda qalin tuman sababli samolyot zahira aeroportga yuborildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishSamolet vo vremya posadki v slojnыx meteousloviyax, arxivnoye foto
Samolet vo vremya posadki v slojnыx meteousloviyax, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Qalin tuman tufayli Toshkent aeroportiga qoʻnishi kutilayotgan samolyotlardan biri zahira aeroportga yuborildi. 
TOSHKENT, 9 fev - Sputnik. Bugun erta tongda Toshkentni qalin tuman qoplab oldi. Toshkent aeroportiga qoʻnishi kutilayotgan samolyotlardan biri zahira aeroportga yuborildi, deb xabar qilmoqda Telegram-kanal "Novosti Tashkentskogo neba".
"Uzbekistan airways kompaniyasining Boeing 767-300 samolyotida Guanchjoudan Toshkentga amalga oshirilayotgan yuk reysi HY-150 Toshkent aeroportida ob-havo sharoitlari tufayli qoʻna olmadi. Tuman, koʻrish uzoqligi 250 metr", - deyilgan  xabarda. 
Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning dekabr oyida ham Toshkentni quyuq tuman qomlab olgan edi. Oʻshanda bir necha aeroportlarda parvozlar bekor qilingan va ayrim aeroportlar yopilgan edi. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala