Hodisalar

Kattaqoʻrgʻonda yana bir “IIO xodimi” javobgarlikka tortildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishMigalka na krыshe avtomobilya politsii
Migalka na krыshe avtomobilya politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
23 yoshli yigit shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib sayr qilib yurgan.
TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib olgan shaxs IIB xodimlarida shubha uygʻotganligi sababli undan xizmat guvohnomasini taqdim etish soʻralgan. U esa xizmat guvohnomasi yoʻqligini aytgan.
© Samarqand viloyati IIB axborot xizmatiKattaqoʻrgʻonda ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi
Kattaqoʻrgʻonda ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Ushbu shaxs Narpay tumani Chaqar qishlogʻida yashovchi 23 yoshli SH.M. ekanligi, egnidagi kiyimni taxminan 2 oy oldin 240 ming soʻmga tiktirgani oydinlashgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Hodisalar
“Layk” vasvasasi: Sirdaryoda IIB xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit 8 sutkaga qamaldi
Uning harakatlarida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 209-1-moddasi (Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish)da koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomati aniqlanganligi sababli unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudiga yuborilgan.
Hozirda ushbu shaxsning harakatlari yuzasidan qoʻshimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda ichki ishlar organlari xodimining formasini kiyib, mashina kapotida sayr qilgan yigit va uni videoga yigitlar besh sutkaga qamalgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala