Dunyoda

Oʻnlab davlatlar "Sputnik V"ga navbatda turibdi - Rossiya TIV

© REUTERS / Hannibal Hanschke/File PhotoOchered v tsentr vaktsinatsii v Berline
Ochered v tsentr vaktsinatsii v Berline - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
"Sputnik V" ishlab chiqarish hajmi yanvar oyida 7 million, Fevralda 11 mln va mart oyida 15 mln doza boʻlishi rejalashtirilgan. 
TOSHKENT, 9 fev - Sputnik. Dunyoning oʻnlab davlatlari "Sputnik V" vaktsinasi ortida navbatda turibdi, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
"Bugungi kunda Rossiya vaktsinasining samaradorligi - bu tasdiqlangan fakt. Men buni maqtanish uchun aytmayapman, bu haqida hamma gapirmoqda. Dunyoning turli burchaklaridan barcha kontinentlarda davlatlar unga navbatda turibdi", - dedi Zaxarova.  
Eslatib oʻtamiz, Lancet tibbiy jurnali bir necha kun oldin "Sputnik V" vaktsinasining uchinchi bosqichi samarali yakunlangani haqida maqola chop etgan edi. Unda aytilishiga koʻra, klinik sinovlarning III bosqichida 20 mingdan  ortiq kishi ishtirok etgan va vaktsina yuqori xavfsizlik va 91,6 % samaradorlik koʻrsatgan.
Rossiyskaya vaktsina Sputnik V v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Jamiyat
Mishustin Oʻzbekiston vaktsina boʻyicha Rossiya hamkoriga aylanishiga umid bildirdi
Rossiyada "Sputnik V" ishlab chiqarish hajmi oy sayin oshib bormoqda. Xususan yanvar oyida 7 million doza ishlab chiqarilgan boʻlsa, Fevralda 11 mln, mart oyida 15 mln doza ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 
Bugungi kunda Rossiyada ushbu vaktsina bilan emlangan fuqarolar soni 3 million kishidan oshib ketdi. Shuningdek "Sputnik V" dunyoning 21 davlatida roʻyxatdan oʻtkazilgan va foydalanishgan ruxsat berilgan: Belarus, Argentina, Boliviya, Serbiya, Aljir, Falastin, Venesuela, Paragvay, Turkmaniston, Moʻgʻuliston, Vengriya, BAA, Eron, Gvineya, Tunis, Armaniston, Meksika, Nikaragua, Bosniya va Gertsegovina, Myanma va Livan.
Undan tashqari "Sputnik V" vaktsinasini Qozogʻistonda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Hindistonda ayni damda yoʻlga qoʻyilmoqda. Germaniya ham Rossiya bilan bu borada muzokaralar olib bormoqda. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala