Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Koʻp qavatli uylar oʻrtasidagi qurilishlar toʻxtatilsin: Bozorov yana qanday topshiriqlar berdi

© Press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiNezakonnыe postroyki sredi jilыx domov v gorode Fergane budut priostanovlenы
Nezakonnыe postroyki sredi jilыx domov v gorode Fergane budut priostanovlenы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2021
Fargʻona shahrining Doʻstlik hamda Gulzor mahallalarida yangi qurilayotgan binolar aholi yashashi uchun noqulayliklar tugʻdirmoqda, bolalarning ochiq havoda oʻynashiga, kattalar va keksalarning esa sayr qilishiga imkoniyat qolmagan.
TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Fargʻona shahrida koʻp qavatli turar-joylar oʻrtasida barcha qurilishlar toʻxtatiladi. Bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi. Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov shahardagi Doʻstlik hamda Gulzor mahallalarida aholi yashash sharoitlarini oʻrganish davomida tegishli topshiriqlar berdi.
Hududda yashovchi aholi viloyat hokimi bilan muloqot chogʻida yangi qurilayotgan binolar sababli mahallada aholi yashashi uchun noqulayliklar tugʻdirayotganini, bolalar uchun ochiq havoda oʻynashga, kattalar va keksalar uchun sayr qilishga imkoniyat qolmaganini bildirishdi.
Viloyat hokimi birgalikda oʻrganish olib borayotgan shahar hokimi va prokuroriga bugundan eʼtiboran Fargʻona shahrida koʻp qavatli turar-joylar oʻrtasida olib borilayotgan barcha qurilishlarni toʻxtatish hamda bunday qurilishlarga ruxsat berish bilan bogʻliq qarorlarni bekor qilish yuzasidan topshiriq berdi.
Poydevor uchun qazilgan kotlovanlar barchasi koʻmib tashlanadi, qurilishi yakunlashish bosqichida boʻlgan inshootlarning har birining qonuniyligi boʻyicha shahar prokuraturasi oʻrganish olib boradi.
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Siyosat
Navbat Fargʻona viloyatiga: prezident tashrifidan soʻng toʻrtta tuman hokimi oʻzgardi
Shuningdek, barcha hududlarda buzib tashlangan bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi, qurilish egalari kesilgan har bir daraxt oʻrniga 100 tupdan manzarali daraxt ekishi taʼminlanadi. Toʻxtatilgan qurilishlar oʻrniga tadbirkorlarga bino qurish uchun boshqa joydan yer maydoni taklif etiladi.
Xayrullo Bozorov oʻrganish jarayonida hududdagi turar-joylar atrofida obodonlashtirish ishlarining umuman yoʻlga qoʻyilmagani, binolarga birikkan holda vaqtinchalik qoʻshimcha inshootlar qurib tashlanganini tanqid qildi. Atrofda sochilib yotgan chiqindilar ham hokimning eʼtiboridan chetda qolmadi.
Bozorov shahar mahallalarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha alohida manzilli dastur ishlab chiqish yuzasidan shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayevga topshiriq berdi.
Bundan tashqari, Moturidiy koʻchasi hududidan oqib oʻtuvchi katta ariq ustida insho etilgan obʼyektlar olib tashlash, suv qirgʻogʻi boʻylab velosiped minish hamda sayr qilish uchun ekoyoʻlak tashkil etiladigan boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala