Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Video

Eng kuchli va eng qimmat: Bugatti Centodieci - video

Eksklyuziv giperkar Centodieci: motor kuchi - 1600, 0 dan 100gacha tezlashish vaqti - 2,4 soniya, maksimal tezlik - 380km/soat. 
Bugatti Centodieci - Bugatti Chiyentodiyechi, Italiya kompaniyasi oʻz tarixi davomida yaratgan eng kuchli va eng qimmat avtomobillaridan biri boʻladi. Centodieci - "bir yuz oʻn" degani. Ushbu avtomobil Bugatti kompaniyasi asoschisi Ettore Bugatti tomonidan yaratilgan Bugatti EB 110 avtomobili xotirasiga bagʻishlanadi.
Centodieci - mutlaq eksklyuziv giperkar boʻladi va bor-yoʻgʻi 10 dona ishlab chiqariladi. Uning narxi - 9 millon $, motori - 16 tsilindr va 1600 ot kuchi, 0 dan 100gacha tezlashish vaqti - 2,4 soniya, maksimal tezlik - 380km/soat. 
Taniqli futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Bugatti Centodieciga birinchilardan boʻlib buyurtma bergan, axir u Bugatti avtomobillarining muxlisi. Shu kunga qadar uning garajida 2ta Bugatti bor edi, Centodieci - uchinchisi boʻladi. 
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala