Rossiya

Medvedev: mehnat migrantlarini jalb qilishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish zarur

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishSneg v Moskve
Sneg v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, koronavirus tufayli iqtisodiyotning alohida sohalarida ishchi kuchining yetishmasligi yuzaga kelgan.
TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatga mehnat migrantlarini jalb qilishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish tarafdori ekanini maʼlum qildi.
“Koronavirus tufayli iqtisodiyotning alohida sohalarida ishchi kuchining yetishmasligi yuzaga keldi, bu qishloq xoʻjaligi, qurilish, uy-joy kommunal sektorlariga taalluqli”, - deya qayd etdi Medvedev Medvedev Rossiyaning migratsiya siyosatini, jumladan, mehnat sohasini takomillashtirishga bagʻishlangan yigʻilishda. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Gruzovыe avtomobili  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Migratsiya
Oʻzbekistonliklarni Rossiyada transport sohasiga ishga jalb qilish muhokama qilindi
Uning soʻzlariga koʻra, bu sohalarga chet el fuqarolarini qonuniy jalb qilish mumkin boʻlgan soddalashtirilgan tartibni joriy etish masalasini ishlab chiqish darkor.
Medvedev, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislar uchun Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirishda kerak boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirishni soddalashtirish zarur deb hisoblaydi.
Migrantlarsiz ish boʻlmaydi: Rossiya qurilish kompaniyalari xorijliklarni kutmoqda
U Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Mehnat vazirligi bilan birgalikda bu masalani hal qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqarilganini qoʻshimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakatga migrantlarning kirishini soddalashtirish hukumatda faol muhokama qilinayotganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala