Jamiyat

"Xonobod" bazasidagi vaziyat oʻrganilmoqda - Ekologiya qoʻmitasi 

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaTrenirovochnыe poletы na aerodrome Xanabad
Trenirovochnыe poletы na aerodrome Xanabad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.02.2021
2001-2005 yillarda Xonobod bazasida joylashtirilgan amerikalik xarbiylar onkologik kasalliklarga uchragani aniqlanganidan soʻng Ekologiya qoʻmitasi ushbu joydagi ekologik vaziyatni tekshirmoqda.
TOSHKENT, 18 fev - Sputnik. "Xonobod" harbiy aviabazasidagi ekologik vaziyat oʻrganilmoqda. Bu haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Islombek Boqijonov 17 fevral kuni AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida xabar qildi. 
Maʼlumki, oldin Oʻzbekiston hududida paxtaga gerbitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar sepishga moʻljallangan 17ta kichik aerodromlar boʻlgan va taxminan 33ta poligonlar boʻlgan. Ushbu moddalar inson nafas yoʻllariga taʼsir qilib, kasallik keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan. Hozirgi kunda biz ularning barchasini rekultivatsiya qilib yopganmiz.
Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, oʻz vaqtida AQSH harbiylari joylashtirilgan "Xonobod" harbiy bazasida ham ana shunday aerodrom boʻlgan. Lekin u joy harbiylar nazorati ostida boʻlgani sababli, oʻsha vaqtlarda biz u yerga kirib, uning holatini oʻrgana olmaganmiz. Lekin xozir biz u joyni ldaboratoriyalar yordamida oʻrganishni boshlaganmiz. Biz ushbu joy haqida tarqalgan maʼlumotlarga aniqlik kiritmoqchimiz - u yerda haqiqatdan ana shunday aerodrom yopi poligon boʻlganmi yoʻqmi. Yaqin kunlar ichida bu haqida maʼlumot beramiz. 
Esatib oʻtamiz, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Qashqadaryo viloyati Xonobod shahridagi AQSH harbiy bazasida 2001-2005 yillarda xizmat qilgan amerikalik xarbiylar onkologik kasalliklarga uchragani uchun ularga unvonlar va qoʻshimcha vasiylik belgilash toʻgʻrisida qaror chiqargan edi. 
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala