Rossiya

Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bogʻlaydi: Sidiqov Trans-afgʻon temir yoʻli haqida

© Sputnik / Igor OnuchinJeleznodorojnыe puti sortirovochnoy stantsii
Jeleznodorojnыe puti sortirovochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Trans-afgʻon transport yoʻlagini barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Trans-afgʻon transport yoʻlagini barpo etish loyihasi yaqin muddatlardagi tashqi siyosatimizni ustuvor maqsadlaridan biri boʻlib qoladi, deb aytdi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov.
Pogranichnыy Most Drujbы Xayraton-Termez - predmet nostalgii po sovetsko-afganskoy drujbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Rossiya
Oʻzbekiston YEOII davlatlariga Transafgʻon temir yoʻlini birgalikda qurishni taklif qildi
TIV vakilining soʻzlariga koʻra, birinchi galda, mintaqalar oʻrtasidagi keng iqtisodiy va savdo-sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish ishlari faol davom ettirilmoqda.
“Ushbu yoʻnalishda asosiy vazifalarimizdan biri, bu Oʻzbekistonning transport salohiyati va imkoniyatlarini kengaytirishdir. Hozirgi kunda Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bogʻlaydigan Trans-afgʻon transport yoʻlagini barpo etish borasida dastlabki kelishuvlarga erishilgan. Bu loyihani amalga oshirish yaqin muddatlardagi tashqi siyosatimizni ustuvor maqsadlaridan biri boʻlib qoladi”, - dedi vazir oʻrinbosari.
Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradigan “Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” temir yoʻlini qurish loyihasining barcha jihatlarini muhokama qilish va amalga oshirish boʻyicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, 3 davlat transport vazirligi va mutasaddi tashkilotlari vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tashkil etildi.
Eslatib oʻtamiz, shu oy boshida oʻtgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yigʻilishida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov YEOII davlatlariga Trans-afgʻon temir yoʻli qurilishiga qoʻshilishni taklif qilgandi.
2018 yil dekabrda Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston va Pokiston temiryoʻl kompaniyalari rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Unda “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temir yoʻli qurilishi boʻyicha qoʻshma ishchi guruh va moliyaviy konsortsium tashkil qilish haqida kelishib olingandi. Dastlabki hisob-kitobga koʻra, loyiha - 5 milliard dollar. Temir yoʻli uzunligi 573 kilometrni tashkil qiladi. Yangi temir yoʻldan yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish mumkin boʻladi.
Kelajakda temir yoʻli Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlaridan boshlanib, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya va Yevropagacha boʻlgan global transport koridoriga aylanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala