Dunyoda

Rogʻun: Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga 184 million dollar ajratiladi

© Sputnik / Amir IsaevPodgotovka k otkrыtiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane
Podgotovka k otkrыtiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Tojikiston hukumati bu yil Rogʻun GESi qurilishiga 184,5 million dollar ajratish rejalashtirgan. Ayni vaqtda ishchi guruh xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha ish olib bormoqda.
TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Bu yil Rogʻun GESi qurilishiga 184,5 million dollar ajratish rejalashtirilgan, dedi Tojikiston moliya vazirining oʻrinbosari Jamshid Karimzoda.
Sarezskoye ozero v gorax Pamira. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Dunyoda
Sarez koʻli: “Uyqudagi ajdar” bezovtalanmasligi uchun nimalar qilinmoqda?
U 2020 yilda davlat byudjetidan 2,2 milliard somoniy, yana bir milliard qoʻshimcha moliyaviy manbalardan ajratilganini maʼlum qildi.
Karimzodaning taʼkidlashicha, joriy yilda Tojikiston hukumati Rogʻun GESi uchun mablagʻni maksimal darajada oshirishga harakat qiladi.
Xususan, hozirgi paytda hukumat ishchi guruhi xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan yevroobligatsiyalar orqali jalb qilish boʻyicha ish olib bormoqda.
Rogʻun GESi qurilishi 2007 yilda boshlangan. Gidroelektr stantsiyasining birinchi gidroelektr agregati 2018 yil noyabr oyida, ikkinchisi oʻtgan yilning sentyabr oyida ishga tushirilgandi.
Rogʻun gidroelektrostantsiyasi – Vaxsh daryosidagi 9-chi kaskada GES hisoblanadi. U Dushanbedan 110 km sharqda joylashgan. GES loyihasi boʻyicha u 6 ta agregatdan iborat, har birining quvvati 600 MVtni tashkil qiladi.   
Stantsiya tosh-quyma toʻgʻonining balandligi 335 metrni tashkil qiladi. U dunyoda bunday turdagi GESlar orasida eng baland boʻladi. Loyiha boʻyicha stantsiya quvvati 3600 MVt tashkil qilib, u Markaziy Osiyoda eng yirik GES boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala