Jamiyat

Ikki oliygoh rahbarlari oʻzgardi

© Sputnik/Viktor TolochkoPismennыy nabor glavы gosudarstva
Pismennыy nabor glavы gosudarstva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2021
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori va Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga ijrochi direktor tayinlandi.
TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori va Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga ijrochi direktor tayinlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 fevraldagi qarori bilan Komiljon Komilov Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining rektori lavozimiga tayinlandi.
Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2020
Siyosat
Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi
Komiljon Sobirovich 1980 yil Andijon viloyatida tugʻilgan. 2002 yilda Toshkent davlat agrar universitetini paxtachilik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Shu kunga qadar Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali direktori lavozimida ishlagan.
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 fevraldagi qarori bilan Nasridin Jabborov Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
Nasridin Jabborov 1961 yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 1985 yilda Toshkent davlat universitetini matematika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala